Breaking News

O'zbekistonda 2003-yildan beri ilk bor inson huquqlari bo'yicha mustaqil tashkilot ro'yxatdan o'tkazildi


Toshkent, 11-mart, 2020
Toshkent, 11-mart, 2020

O'zbekistonda 2003-yildan beri ilk bor inson huquqlari himoyasi bo'yicha mustaqil tashkilot ro'yxatdan o'tkazildi.

Adliya vazirligi "Huquqiy tayanch" deb nomlangan jamoat birlashmasi faoliyati yuritishi uchun ruxsat bergan.

Tashkilotning asosiy maqsadi - adolat targ'iboti, xususan respublika adliya tizimi va jazoni o'tash muassasalari isloh qilinishi yo'lida hissa qo'shish.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum hukumatning bu qarorini olqishlab, adolat ta'minoti tomon dadil harakat, deya baholagan.

Inson huquqlari himoyasi bo'yicha yetakchi mutaxassis, BMT va boshqa tashkilotlar bilan bu borada ishlayotgan Stiv Sverdlov "Huquqiy tayanch" ortida qattiq mehnat va shijoat yotganini ta'kidlaydi. Ekspertning aytishicha, asoschilar Adliya vazirligi bilan sabr-qanoat bilan ishlagani, ariza bir necha bor qaytarilgani va qayta topshirilganini aytadi.

"Huquqiy tayanch sobiq siyosiy mahbuslar, xususan A'zam Farmonov va safdoshlari tashabbusi bilan ochildi. Bu tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun harakat ketayotgani haqida A'zam Farmonov Amerika Ovozi bilan suhbatlarda aytib o'tgan, ariza bergani va undan keyindi jarayonlar xususida hikoya qilgan edi.

A'zam Farmonov bilan yaqinda Jizzaxdan bergan dasturimiz:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG