"Amerika Ovozi" ilk bor O'zbekiston qamoqxonalaridagi vaziyat bilan tanishdi. Dekabr oyida muxbirimiz Navbahor Imamova Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining Tovoqsoy qishlog'ida joylashgan 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bo'ldi. Bu zonada 1000 mahkum bor. O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili, Ombudsman Ulug'bek Muhammadiyev deydiki, islohotlar samarasi o'laroq u bugun mamlakatdagi istagan hibsxona va qamoqxonaga kirib, vaziyatni o'rganishi mumkin. Xo'sh, ahvol bugun qanday? Amerika Ovozi Tovoqsoyga 2019-yilda yopilgan Jasliq qamoqxonasidan ko'chirilgan mahkumlar bilan ham gaplashdi. Maxsus dasturlarimizni shu sahifada tomosha qiling.
O'zbekiston qamoqxonalarida: "Amerika Ovozi" va Ombudsman Tovoqsoyda
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 01, 2024
Buxoro Varnet: Turkiya sarmoyasi, dam olish maskani
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": Real Amerika qanday?
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": Nega va qanday qilib? Chikagodagi vatandoshlar
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": AQShning sehri nimada?
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": Vatandoshlarning yangi avlodi
Facebook Forum