Breaking News

O'zbekistonda qiynoqlarga qarshi kurash qanchalik jiddiy?


O'zbekistonda qiynoqlar qachon tugaydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:16 0:00

O'zbekistonda qiynoqlar qachon tugaydi?

Andijonda o’lim bilan tugagan qiynoq holati O'zbekiston huquq-tartibot tizimida islohotlar qanchalik haqiqiy degan savolni yana ham dolzarblashtirdi.

Bu savol hukumat tanqidchisi sifatida tanilgan xorijdagi ekspertlar yoki faollar emas, ichkarida, respublika rasmiy doiralarida va qonunchilar orasida ko’tarilmoqda.

11-may kuni Andijonda yosh fuqaro A. Abdukarimov mahalliy kasalxonada jon bergan. 29-may kuni uyidan militsionerlar tomonidan olib ketilgan yigit, Ichki ishlar vazirligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, noqonuniy ushlab turilgan va kaltaklangan. Bu jinoyatni qilganlikda gumon qilinayotgan uch xodim ishdan olingan va hibsda. Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasining ikki rahbari ham bo'shatilgan va jami 19 xodim ma'muriy jazolangan. Tergov ishi davom etmoqda, deydi rasmiylar.

11-iyun kuni Andijon shahar kasalxonasida vafot etgan A. Abdukarimov 29-may kuni uyidan militsionerlar tomonidan olib ketilgan. Bir kundan keyin hushsiz holda tez yordam mashinasida kasalxonaga keltirilgan.
11-iyun kuni Andijon shahar kasalxonasida vafot etgan A. Abdukarimov 29-may kuni uyidan militsionerlar tomonidan olib ketilgan. Bir kundan keyin hushsiz holda tez yordam mashinasida kasalxonaga keltirilgan.

Deputat Qodir Jo’rayev Ichki ishlar rahbariyati qiynoqlar tufayli o’lgan marhumning yaqinlaridan uzr so’ramaganini tanqid qilsa, Oliy Majlisning yana bir a'zosi Rasul Kursherboyev jamoatchilikka ochiqlanmay qolayotgan qiynoq holatlariga e'tibor qaratib, islohotlarga yon bermayotgan tizim rahbari, Ichki ishlar vaziri Po’lat Bobojonovning iste’foga chiqish vaqti keldi, deya ta’kidlamoqda.

Hukumat qiynoqlarni yo’qotish uchun nima qilishi kerak? Qiynoqlarga qarshi kurash uchun Shavkat Mirziyoyev boshliq sistemada siyosiy iroda yetarlimi? "Amerika Ovozi" siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlashdi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG