Breaking News

Koronavirus Istanbul qiyofasini o'zgartirmoqda


Istanbulda koronavirusga qarshi kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:49 0:00

Turkiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashi markazida Istanbul shahri turibdi. Mamlakatda shu paytgacha 1500 dan ortiq odamga virus yuqqan, 40 kishi vafot etgan. Maktablar, ko’ngilochar maskanlar yopilgan, hatto masjidlarda namoz o’qish taqiqlandi. Gavjumlikka o’rgangan shaharda hayot tarzi o’zgargan.

Har oqshom istanbulliklar uylarining balkonidan turib koronavirusga qarshi kurashayotgan xizmatchilarni olqishlamoqda.

“Mamlakatimiz va dunyo uchun katta xavf borligi aniq. Zudlik bilan chora ko’rish kerak. Mutaxassislar va sog’liqni saqlash xodimlari qo’llaridan kelgancha harakat qilishyapti”, - deydi fuqarolardan biri.

Bolalar internet orqali ta’lim olishga o’tgan. Kinoteatr kabi ko’ngilochar bizneslar yopilgan. Gavjumlikni yoqtiradigan shahar ko’chalari bugun bo’m-bo’sh.

Hatto masjidlarda jamoat yig’ilmayapti. Shahar tarixida bunaqasi bo’lmagan.

Virusga chalinganlar va o’lim holati oshib borar ekan, aholi xavfning jiddiyligini tushunmoqda.

Yangi tartib bo’yicha, avtobuslar faqat yarim to’liq holatda ishlashi mumkin.

Istanbul meri Ekrem Imamoglu aholini sabr qilishga chaqirdi.

“Qadrli hamshaharlar, oldimizda og’ir kunlar turibdi. Lekin hammasi yaxshi bo’ladi, umidni uzmang”, - dedi u.

Istanbul uzoq tarixida turli bosqin va vabolarga guvoh bo’lgan. Shahar ahli navbatdgi baloni matonat bilan yengishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG