Breaking News

Turkiyada koronavirusdan saqlanaman deb 37 turkmanistonlik o'lgan


Koronavirus: Turkmanistonda ahvol qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:16 0:00

Koronavirus: Turkmanistonda ahvol qanday?

Turkiyada koronavirusdan himoyalanish maqsadida etil spirti iste’molidan halok bo’lgan turkmanistonliklar 37 nafarga yetgan.

Dunyo koronavirus tahdidi bois karantinda ekan, Markaziy Osiyoni virus qayd qilinmagan ikki davlati Tojikiston va Turkmanistonda Navro’z ommaviy tadbirlar bilan nishonladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ommaviy tadbirlardan tiyilish chaqirig’iga, qo’shni davlatlar Qozog’iston, Qirg’iziston O’zbekiston karantin choralarini keskinlashtirishga zo’r berayotganiga qaramay o’tkazilgan bu ommaviy tadbirlar koronavirusga doir mintaqadagi vaziyatga qanchalik ta’sir ko’rsatishi hozircha mavhum.

Turkmaniston va Tojikiston ham rasman mamlakatda koronavirus qayd etilmaganini ta’kidlab keladi.

Ammo virus aniqlanishiga doir muddat ikki haftadan oshiq vaqt talab qilishi, virusga qarshi kurashayotgan ayrim davlatlar ikki nafardan ortiq kishi to’planishiga rasman taqiq qo’yayotgani inobatga olinsa, minglab aholi ishtirokida o’tgan bu ommaviy tadbirlar mintaqa uchun o’ta xavfli tuyuladi.

190 dan oshiq mamlakatda koronavirus aniqlangan. Dunyoda bu virusdan xoli qolayotgan o’ndan oshiq davlatlarning ikkitasi Markaziy Osiyoda.

Bu tuzumlar avtoritar, kim karantinda ekani noma'lum. Turkmanistonda koronavirus mavzusiga taqiq qo’yilgan. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagani haqida hukumat mart oyining bayonot bergan.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedovning isiriq barcha viruslarni o’ldiradi degan gaplaridan keyin koronavirus tahdidi umuman tilga olinmaydi.

O’shandan buyon Turkmanistonda virusga oid vaziyat haqida sukut, mahalliy matbuot isiriq xususiyatlarini yoritish bilan cheklanmoqda.

Ammo Turkmaniston koronavirusning bilvosita tahdididan xoli emas. Turkiyada etil spirtidan zaharlanib o’lgan 37 kishi Turkmaniston fuqarolaridir.

Istanbulda bu borada ilk xabarlar 14-mart kuni chiqqan. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra o’lganlar soni yana oshgan.

Xorijda joylashgan “Turkmaniston xronikasi” nashri ma’lumotiga ko’ra, hukumat Turkiyada halok bo’lgan fuqarolari jasadini vataniga olib kelinishiga ham, marhumlarning qarindoshlarini Turkiyaga kelishiga ham biror yordam ko‘rsatmagan.

Aksincha, mamlakatning Turkiyadagi elchixonasi bu fojiani turk matbuotida bosilishiga norozilik bildirgan. Turkmaniston fuqarolariga doir vaziyat yoritilmasligini talab qilgan.

Qurbonlar Turkiyaning o’zida mamlakatdagi turkmanlar, mahalliy hokimiyat ko’magida dafn qilingan. Turkmaniston hukumati ham, mamlakat matbuoti ham koronavirusdan fojiali tarzda himoyalanishga uringan fuqarolarning Turkiyadagi o’limi haqida hech narsa demagan.

Koronavirusga tahdidiga doir Markaziy Osiyodagi so’nggi vaziyat virus aniqlangan Qozog’istin, Qirg’iziston, O’zbekiston kabi davlatlar keskin xavfsizlik choralarini ko‘rishayotgani, karantin qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishayotgani, virus o’chog’i bo’lgan yirik shaharlarni yopishayotgani bilan kuzatilsa, Tojikiston va Turkmanistonda ommaviy tadbirlarning davom etayotgani bilan ko’zga tashlanadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG