Breaking News

O'zbekiston: Vatanparvar blogerlar guruhi... Boshqa blogerlar vatanparvar emasmi?


Toshkent ko'chalarida, 9-aprel, 2020
Toshkent ko'chalarida, 9-aprel, 2020

O’zbekistonda prezident qaroriga muvofiq yosh vatanparvar blogerlar guruhi tuzilishi mumkin. Shunday guruh nazarda tutilgan qaror loyihasi muhokamaga qo’yilgan. Prezident imzolashi kutilayotgan qaror loyihasini Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan.

Qaror loyihasi “Voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida” deb nomlanadi.

Loyihaning jamoatchilikka taqdim etilishi jiddiy munozaralarga sabab bo’lgan.

Tanqidchilar O’zbekistonda Ichki ishlar vazirligi nazoratidagi trollar armiyasi yuzaga kelishini taxmin qilmoqda.

Faollarni “vatanparvar blogerlar” doirasidan tashqarida qolgan blogerlarning qaysi toifaga kirishi, bunday guruh tashkil etishdan maqsad nimaligi qiziqtirmoqda.

“Amerika Ovozi” jamoatchilikda keskin munozara uyg’otgan bu qaror loyihasi haqida sharhlovchi Anvar Nazir bilan suhbatlashdi.

O’zbekistonda yosh vatanparvar blogerlar guruhi tuzilishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:52 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG