Breaking News

Koronavirus ekologiya uchun foyda bo’ldimi?


Karantin davrida barcha mamalakatlarda yirik sanoatlar faoliyati va transportlar harakatini cheklangani sababli havoga zaharli chiqindilarning chiqarilishi kamaygani kuzatilmoqda.
Karantin davrida barcha mamalakatlarda yirik sanoatlar faoliyati va transportlar harakatini cheklangani sababli havoga zaharli chiqindilarning chiqarilishi kamaygani kuzatilmoqda.

Koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida mamlakatlarda karantin e’lon qilinishi transport harakatining sezilarli kamayishi, ko‘mir iste'moli qisqarishi, neftni qayta ishlash sekinlashishi, umuman, har jabhada ishlab chiqarish sanoatining faoliyati sustlashishiga olib keldi.

Transport xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, birgina 8-aprelda AQSh aeroportlaridagi nazorat punktlaridan 95,3 ming kishi o'tgan xolos. 2019-yilda xuddi shu sanada 2,3 million kishi nazorat punktidan o’tgani ma’lum.

AQSh Prezidenti Donald Tramp yaqinda neft ishlab chiqarish bir kunda misli ko’rilmagan 15 million barrelga qisqarayotganini aytgandi. OPEK va uning hamkorlari 1-maydan neft ishlab chiqarishni kuniga 9,7 million barrelga qisqartisrishni kelishib olganini ma’lum qildi.

Bularning barchasi havoni ifloslantiruchi moddalarning chiqarilishini keskin kamaytirdi.

Londonda joylashgan “Karbon Brif” (Carbon Brief) nashrining yozishicha, Xitoyda karantin sababli havoga karbonat angidrid gazini chiqarilishi yanvar oyida 25 foizga kamaygan. Fevral-mart oylarida esa 18 foizga kamayib, natijada atmosferaga 250 million tonna karbonat angidrid gazi kamroq tashlangan.

Suratda Xitoyda 2019- va 2020-yilda milliy yangi yil arafasida havodagi azot dioksidi hajmi qiyoslangan.
Suratda Xitoyda 2019- va 2020-yilda milliy yangi yil arafasida havodagi azot dioksidi hajmi qiyoslangan.

Elektr energiyasi ishlab chiqaishda asosan tabiiy gazdan foydalanuvchi Italiyada esa mart oyida o’tgan yilning xuddi shu oyiga solishtirganda elektr-energiyaga talab 27 foizga kamaygan.

AQShning NASA tashkiloti 2020-yil mart oyida havodagi azot dioksidi 2015-2019-yillarga nisbatan 30 foizga kamayganini aytmoqda.

NASA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda AQShning ba'zi shtatlarida 2015-2019-yillarda havodagi azot dioksidi hajmi ko'rsatilgan.
NASA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda AQShning ba'zi shtatlarida 2015-2019-yillarda havodagi azot dioksidi hajmi ko'rsatilgan.
NASA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda 2020-yil mart oyida AQShda ba'zi shtatlarda havodagi azod dioksidi hajmi ko'rsatilgan.
NASA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda 2020-yil mart oyida AQShda ba'zi shtatlarda havodagi azod dioksidi hajmi ko'rsatilgan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, 2018-yilda jahon bo‘ylab atmosferaga jami 37 gigatonna karbonat angidrid gazi tashlangan.

Britaniyada joylashgan Tovarlar nazorati mustaqil xizmatining mutaxassisi Markus Ferdinandning bashorat qilishicha, yil oxiriga borib Yevropa Ittifoqida 6,2 foizga elektr-energiya iste’moli kamayishi mumkin. Uning taxminicha, Yevropa Ittifoqi davlatlarida yil oxirigacha havoga 389 million tonna kamroq emissiya chiqariladi.

Vashington shtatida joylashgan transport infrastukturasi bilan bog’liq tadqiqotlar bilan shugullanuvchi INRIX kompaniyasi mutaxassisi Trevor Ridning aytishicha, birgina mart oyining oxirgi haftasida mamlakatda avtotransportlar harakati 38 foizga kamaygan. Transport vositalari mamlakatda havoga chiqariladigan jami emissiyaning 60 foizini tashkil etadi.

Asosan, transport vositasi va elektr energiyasidan foydalanish uchun ishlatiladigan turli yo’qilg’ilar havo, atrof-muhit, kishilar sog’ligi uchun juda katta zarardir. Azot dioksidi, karbonat angidrid gazi atmosferada ozon qatlamining yemirilishi, atrof-muhit muvozanatining buzilishi, kishilarda turli kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi.

Garvard universitetida biostatistika bo’yicha professor Franseska Dominikining ta’kidlashicha, bir tomondan havo ifloslanishi pandemiyani kuchaytirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan pandemiya havoning tozalanishiga sabab bo’ldi.

Ifloslangan havo yuqori qon bosimi, yurak-qon-tomir, o’pka, diabet kabi kasalliklarning organizmda rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Koronavirus esa aynan ana shunday kasalliklar mavjud bo’lgan kishilarda og’ir kechmoqda va ba’zi holatlarda o’lim darajasigacha olib kelmoqda.

Masalan, Nyu-Jersi shtatida 12-aprelgacha 2183 kishi koronavirusdan vafot etgan bo’lsa, ularning 1083 nafarida yurak qon-tomir, diabet, o’pka, saraton va boshga surunkali kasalliklar mavjud bo’lgan.

Franseska Dominiki fikricha, Nyu-Yorkda koronavirusdan o’lganlar soni ko’pligiga eng asosiy sabablardan biri – shtat havosining ifloslanish darajasi yuqoriligidir.

2003-yilda Xitoyda SARS virusi bo’yicha tadqiqodlar olib borilganda ham ana shunday xulosaga kelingan. Ya’ni, mamlakat havosining ifloslanish ko’lami yuqori bo’lgan hududlarida virusdan o’lganlar soni anchayin ko’proq bo’lgan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotlariga ko’ra, bugun dunyoda havoning ifloslanishi natijasida har yili 7 million kishi olamdan ko’z yumadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG