Breaking News

Nyu-Yorkda kuniga kamida 3 ming kishi virusni yuqtirmoqda


Nyu-Yorkda kuniga kamida 3 ming kishi virusni yuqtirmoqda
Nyu-Yorkda kuniga kamida 3 ming kishi virusni yuqtirmoqda

Dastlab Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus bugun butun dunyoni zabt etdi. Virusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh birinchi o’ringa chiqib oldi.  So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatda kasallanganlar soni 140 mingga, vafot etganlar esa 2500 ga yaqinlashmoqda.

AQShda koronavirus bo’yicha yetakchilik qilayotgan shtat Nyu-Yorkdir. Kasallanganlar soni 60 000 ga yaqinlashmoqda. Shtat rasmiylariga ko’ra, kuniga kamida 3000 kishi virusga yo’liqmoqda.

Prezident Donald Tramp ko’rsatmasi bilan harbiy kema-kasalxona Nyu-Yorkka ko’mak tarzida yuborildi. 1000 kishilik bu kema 30-mart kuni yetib kelishi kutilmoqda.

AQSh Bosh shifokori Jerom Adamsning aytishicha, yaqin hafta ichida mamlakatda, xususan Detroyt, Chikago, Yangi Orlean kabi shaharlarda vaziyat yanada og’irlashib, virus markaziga aylanadi.

Ha, koronavirus - bugun dunyo ahli orasida va barcha ommaviy axborot vositalarida bosh mavzu. Lekin AQShdagi “Pyu” (Pew) tadqiqot markazi tomonidan yaqinda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, yangiliklarni asosan ijtimoiy tarmoqlardan oluvchilar koranavirus bilan bog’liq yangiliklarni muntazam kuzatib bormayapti.

Aynan shu toifa matbuot va televideniyeda virus tahdidi bo’rttirib ko’rsatilayotganini aytadi.

Shu o’rinda haqli savol kelib chiqadi: AQShda aholi yangiliklarni asosan qaysi manbalardan olmoqda?

Tadqiqotlarga ko’ra, katta yoshdagilarning 18 foizi siyosiy axborotni ijtimoiy tarmoqlardan, 25 foizi yangilik saytlari, 45 foizi televideniye, 8 foizi radio va 3 foizi matbuotdan oladi.

AQShda aholi yangiliklarni qaysi axborot manbaidan oladi?
AQShda aholi yangiliklarni qaysi axborot manbaidan oladi?

Koronavirus haqidagi yangiliklarni kuzatib borish haqida gap ketganda, katta yoshdagilarning 65 foizi kabel tarmoqlari, 59 foizi bepul televizion kanallar, 54 foizi yangilik saytlari, 57 foizi gazetalar, 44 foizi radio, 44 foizi mahalliy televideniye va 37 foizi ijtimoiy tarmoqlar orqali vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining necha foizi koronavirus haqidagi xabarlarni kuzatib bormoqda?
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining necha foizi koronavirus haqidagi xabarlarni kuzatib bormoqda?

Koronavirus haqidagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotganlarning 57 foizi, yangiliklar saytlarida o’qib borayotganlarning 49 foizi, radioda tinglab borayotganlarning 47 foizi, kabel tarmoqlarida tomosha qilib borayotganlarning 45 foizi, mahalliy televideniye muxlislarining 44 foizi, bepul televizion kanallar tomoshabinlarining 42 foizi va gazetxonlarning 37 foizi mavzu bo’yicha bo’rttirilgan yangiliklarga duch kelganini aytadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining necha foizi koronavirus haqida bo'rttirilgan xabarlarga dush kelgan?
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining necha foizi koronavirus haqida bo'rttirilgan xabarlarga dush kelgan?

Infeksiyani yuqtirmaslik uchun quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish muhim:

  1. Tarkibida spirt bo’lgan qo’l tozalash vositalari yoki sovun bilan qo’llarni tez-tez yuvish.
  2. Yo’talganda yoki aksirganda og’iz va burunni tirsak, dastro’mol yoki salfetka bilan berkitish, ishlatilgan salfetkani tashlash.
  3. Shamollash yoki isitma alomatlari bo’lgan har qanday kishi bilan yaqindan muloqotda bo’lmaslik.
  4. Agar kishida isitma, yo’tal yoki nafas qisish bo’lsa, tibbiy yordam uchun imkon qadar ertaroq murojaat qilish.

Tibbiy niqob kiyish kerakmi?

Respiratorli infeksiyaga oid belgilar, ya’ni yo’talish yoki aksirganda boshqalarni himoya qilish uchun tibbiy niqobdan foydalanish zarur. Bu alomatlar bo’lmagan holatda niqob tutish shart emas.

Niqobdan foydalanishning samarasini ta’minlash va virus yuqtirishning yuqori xavfini oldini olish uchun ularni to’g’ri ishlatish, so’ng tegishli ravishda yo’q qilish kerak. Infeksiyani to’xtatish uchun faqatgina niqobni qo’llash yetarli emas. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish zarur.

Koronavirus belgilari qanday?

Yuqori tana harorati, yo’tal va nafas qisilishi kasallik alomatlariga kiradi. Og’irroq holatlarda infeksiya pnevmoniyaga, kamroq hollarda kasallik o’limga olib kelishi mumkin. Ushbu alomatlar gripp yoki ORVI (o’tkir respiratorli virus infeksiyasi)ga o’xshashdir, ular COVID-19ga qaraganda ancha keng tarqalgan.

Umuman, sog’lom bo’lay desangiz, quyidagi videoda berilgan tavsiyalarga amal qiling:

COVID-19 qanchalik xavfli?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:56 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG