Breaking News

Turkiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari qay ahvolda?


Koronavirus: Turkiyada mehnat muhojirlarining ahvoli qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Koronavirus tarqalgani sababli Turkiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yangicha sharoitda ishlashiga va yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Infeksiyaga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlar tufayli ishsiz qolganlar talaygina. Izmir shahridagi bir tamaddixona Turkiyada epidemiya boshlanishidan sal oldin ochilgan edi, ayni paytda esa boshqa kafelar va restoranlar singari ishini to‘xtatgan. Mingga yaqin mijozga kargo xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi firma rahbari Davlatjon Sodiqov karantin paytida mijozlar soni kamayganini aytadi.

“Bir yarim oydan beri karantindamiz. Karantin munosabati bilan shanba va yakshanba kunlari ko‘chaga chiqish mumkin emas, taqiq qo‘yilgan. Shuning hisobiga mijozlarimizning ellik foizini yo‘qotdik. Shunda ham yomon emas, ishlarimiz yurib turibdi. Yuklarimiz boryapti, lekin O‘zbekistonda ham karantin bo‘lgani uchun biroz kech boryapti”, – deydi u.

Ishsiz qolgan mehnat muhojirlari tabiiyki daromaddan mahrum bo‘lgan, oqibatda yordamga muhtoj ahvolga tushib qolgan. Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar jamiyati ana shunday ikki yuz oilaga yordam uyushtirdi, xayriya aksiyasi davom etmoqda. Bundan tashqari, o‘z yurtdoshlariga yakka tartibda yoki uyushgan holda ko‘mak berayotgan o‘zbekistonliklar bor. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ham qiynalib qolgan fuqarolarga oziq-ovqat tarqatdi.

Ba’zi mehnat muhojirlari yo‘llar ochilishi bilan O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirmoqda: ular bir tomondan karantin tufayli qiynalayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan turk lirasi AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda.

Ayni payt Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nazoratda ushlab turilibdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi kunlarda ushbu infeksiyadan tuzalayotganlar soni kasallanayotganlar sonidan sezilarli darajada ko‘paygan. Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan chora-tadbirlar may oyining oxirigacha davom etishini ma’lum qildi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG