AQShning O'zbekistondagi elchixonasi suv toshqinlaridan aziyat chekkan aholiga yordam yetkazar ekan, Davlat kotibi Mayk Pompeo bugun quyidagi e'lon bilan chiqdi: dunyo bo'ylab koronavirusga qarshi kurash uchun Vashington yana 128 million dollar ajratmoqda.
Pandemiyadan aziyat chekayotgan mamlakatlarga madad ko'lami bu bilan qariyb 1 milliard dollarga yaqinlashdi. Pompeoning tasdiqlashicha, ko'mak 120 dan ziyod davlatga yetib borgan va bormoqda, xususan Markaziy Osiyo respublikalariga. So'nggi ajratilayotgan mablag' salomatlik, virusdan saqlanish va muolaja uchun sarflanadi.
Amerika insonparvarlik yordami uchun bu yil 6,5 milliard dollar xarajat qilmoqda. Va bu, deydi Pompeo, global maydonda ko'rsatilgan gumanitar madadning deyarli 60 foizidir.
Facebook Forum