Breaking News

O'zbekistonning AQShdagi harbiy hamkori ezgu tilaklar yo'lladi


AQSh general-mayori: O'zbekistonga hamdardmiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:52 0:00

AQsh general-mayori: O'zbekistonga hamdardmiz

O'zbekistonning harbiy hamkori Mississippi shtati Milliy Gvardiyasi general-mayori Jenson Boylz deydiki, AQSh respublika boshdan kechirayotgan og'ir kunlarga befarq emas.

"O'zbekiston xalqi va Prezident Mirziyoyev bilan birgamiz", - deydi general-mayor.

"Buxoro viloyati va Sardoba tumani ulkan talofat ko'rdi. Bilingki, biz bu hududlarda qutqaruv va boshqa zarur ishlar bilan band odamlarni ruhan quvvatlaymiz. Milliy Gvardiyaga hamdardmiz. Va eng asosiysi, ofatlardan jabr ko'rgan aholiga hamdardmiz. Sizga eng ezgu tilaklarni yo'llaymiz".

Milliy Gvardiya AQSh bo'ylab koronavirusga qarshi choralarni tatbiq etishga safarbar etilgan. Biror shtatda tabiiy ofat yoki favqullodda vaziyat yuzaga kelsa, avvalo shu kuchlar ishga solinadi. Shu bois ham Mississippi Milliy Gvardiyasi O'zbekistondagi ahvolni kuzatib, o'z munosabatini bildirmoqda. Gvardiya respublika harbiylari bilan azaldan aloqaga ega va har yili O'zbekiston va AQShda treninglar o'tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG