Turkmaniston hukumati 58 nafar afg’onistonlikni qo’yib yuborgan. Afg’on rasmiylari koronavirus tahdidi va ramazon munosabati bilan jami 126 nafar afg’on mahbus Turkmaniston tomonidan ozod etilganini tasdiqladi.
Ular Oqina chegara shaharchasida mahalliy hukumatga topshirilgan. Mahbuslarning yaqinlari guldastalar bilan Turkmaniston qamoqxonalaridan qaytgan qarindoshlarini kutub oldi.
“Afv etilgan 126 nafardan 58 nafari Oqina chegarasidan o’tyapti”,- deydi Faryob viloyatining Xonchorbog’ tumani hokimi Durtoj Yamoq Xoliqiy.
Faryoblik Muhammad Nur 6 yarim yilni Turkmaniston qamoqxonalarida kechirgan. U yerdagi birinchi kunlar og’ir kechganini aytadi.
“6 yarim yil qamoqxonada o’tirdim. 18 yil ozodlikdan mahrum etilgan edim”,- deydi Muhammad Nur.
Vali Muhammad ozod etilgan yana bir mahbus. 2007-yil narkotik qochoqiga aybdor topilib 23 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Umidimni uzgan edim deydi, u.
“Ochiklikdan o’lmasdek non-suv berar edi. Uch yil shunday xonada turdim. Qushni qafasda saqlayotgandek, kichik xonada saqladi… Ba’zi bir mahbuslar o’sha yerda vafot etdi. Hali rizqimiz bor ekan bu dunyoda”- deydi Vali Muhammad.
Mahbuslarni Turkmanistonning Mozori sharifdagi bosh konsoli afg’on hukumatiga topshirgan. Kameraga tushish xohlamagan turkman rasmiysi matbuotga intervyu bermadi.
Facebook Forum