Breaking News

Afg'onistonda koronavirusga qarshi kurash: Juzjondagi vaziyat


Afg'oniston: Koronavirusga qarshi qanday choralar ko'rilmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Afg’onistonda koronavirus tarqalmasligi uchun zarur choralar ko’rilmoqda. Vatanga qaytayotganlar tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda. Xususan, Erondan qaytgan vatandoshlar jiddiy tekshiruvdan o’tkaziladi. “Amerika Ovozi” shimoliy Juzjon viloyatida ushbu virusga qarshi kurashish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Isitmasi oshgan, gripp va shamollash kabi belgilari bo’lgan odamlar maxsus ko’rikdan o’tadi. Shubhali odamlar kasalxonaga yotqizilishi rejalangan. Juzjonlik shifokor G’ulom Xolis Qodiriy virusni shaharga kiritmaslik uchun kerakli choralar ko’rilganini ta’kidlaydi.

“Eron va Xitoydan kelgan odamlar bo’lsa, ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazamiz. Koronavirusga chalingani shubha qilinsa, kasalxonaga yotqizamiz. Boshqalarga ikki haftalik karantin tavsiya qilinadi”, - deydi u.

Hamid Karzay xalqaro aeroporti, Kobul
Hamid Karzay xalqaro aeroporti, Kobul

Viloyat bo’yicha 20 o’rinlik joy tayyorlangan. Shahar darvozalarida sayyor guruhlar ishlamoqda. Xorijdan, xususan qo’shni Erondan qaytgan odamlar ro’yxatga olinadi. Ular bilan har kuni aloqaga chiqiladi. Zarur tavsiyalar uqtiriladi.

Habibulla yaqinda Erondan qaytgan. U Afg’onistonda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralardan rozi.

“Tehrondan keldim. U yerda odamlarni vahima bosgan”, - deydi Habibulla.

Hirotda Erondan qaytgan to’rt kishi kasallikni yuqtirgani aniqlangan.

Rasmiylar koronavirusga qarchi kurashish uchun jamoatchi faollar va diniy peshvolardan yordam so’ramoqda.

Mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi odamlarni Navro’z bayramida qatnashmaslikka da’vat qilgan. Maktab va oliygohlar yopilishi kutilmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG