Breaking News

Koronavirus dunyo bo'ylab tarqalishda davom etmoqda


Koronavirus o’chog’i Xitoyda 6-martdan beri yana 100 dan ziyod odam virusni yuqtirgan, o’lganlar soni qariyb 30 nafar.

Dunyo bo’ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mingdan oshar ekan, Eronda virusni yuqtirganlar qariyb 6000 ga yetdi, o’lganlar 145 nafar. Mamlakat parlamentining yana bir a’zosi o’lgani xabar qilinmoqda. Bir kunning o’zida 21 kishi vafot etgan.

Yevropada esa koronavirus o’chog’i Italiya bo’lib qolmoqda – o’lganlar qariyb 200 ga yetdi. Yetakchi siyosatchilardan Nikola Zingaretti uni yuqtirganini ma’lum qildi. Italiyada epidemiyaga qarshi kurashga nafaqadagi shifokorlarni ham jalb etish ko’zlanmoqda.

Jahon bo’ylab koronavirus keltirib chiqaruvchi COVID-19 infeksiyasidan o’lganlar soni 3500 ni tashkil etmoqda, aksariyati Xitoyda. Ammo Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, hozirda boshqa davlatlardagi yangi infeksiyalar soni Xitoydagidan 17 barobar ko’p.

Eron
Eron

AQShda ahvol qanday?

AQShda 3533 yo’lovchi va ekipaj a’zolaridan iborat kruiz kemasi San-Fransisko sohilida karantin ostida qolmoqda, chunki undagi 21 kishida koronavirus aniqlangan. Kelasi ikki kunda barcha yo’lovchilar tekshiruvdan o’tkaziladi.

Prezident Donald Tramp virus tarqalishining oldini olish uchun 8,3 milliard dollar ajratish to’g’risidagi qonunga imzo chekdi. Mablag’ muolaja va vaksina bo’yicha tadqiqotlarga, shuningdek, shtatlarga taqsimlanadi.

Hozirda AQShda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 377 nafar, o’lganlar 17 kishi. Olti shtat – Nyu-York, Merilend, Kaliforniya, Florida, Vashington va Gavayida favqulodda holat e’lon qilingan. Mamlakat laboratoriyalariga virusni aniqlovchi milliondan ziyod vositalar yetkazila boshlashi kutilmoqda.

Janubiy Koreya
Janubiy Koreya

Vaksina bormi?

Xitoy hukumatining bildirishicha, koronavirusga qarshi ilk vaksina aprel oyidan boshlab “favqulodda holatlarda foydalanish uchun” tayyor bo’lishi mumkin.

“Aprel oyida ayrim vaksinalar klinik tadqiqotlar bosqichiga o’tishi yoki favqulodda holatda ishlatish uchun tayyor bo’lishiga umid qilyapmiz”, - deydi Xitoyning Sog’liqni saqlash bo’yicha milliy komissiyasi vakili Jeng Jongvey.

Xitoyning o’nlab tadqiqot institutlari bu ishga jalb etilgan. Xavfsizlik va samarali vaksina ishlab chiqarish vaqt va sarmoya talab qiladi. Sinovlarning o’ziga 12-18 oy vaqt kerak, deydi ekspertlar.

AQShda asoslangan “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi odamlarda sinab ko’rish uchun yangi vaksinani allaqachon Allergiya va yuqumli kasalliklar institutiga uzatgan. Institut direktori Entoni Fauchining aytishicha, vaksinani tasdiqlash uchun kamida bir yil vaqt kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG