BMT Bolalar fondi, UNICEF, pandemiya davrida bu mamlakatlarda zo’ravonlik va diskriminatsiya yanada kuchayganini qayd etadi. Meksika ham oxirgi 2-3 oyda 447 muhojir bolani Gvatemala va Gondurasga jo’natgan.
Bu davlatlarda AQSh va Meksikadan qaytgan bolalar salbiy munosabat bilan yuzlashadi, chunki ularga koronavirusni yuqtirganlik shubhasi bilan qarashadi. Darhaqiqat, bu bolalarning ba’zilarida COVID-19 aniqlangan.
Masalan, Gvatemalada AQShdan qaytgan 100 nafar muhojirda virus aniqlangandan so’ng ularning uyiga o’t qo’yish, ularga qarshi jismoniy kuch ishlatish hollari yuz bergan. Gondurasda ham muhojirlarni, jumladan bolalarni mahallaga kiritmaslik yoki ularga hujum qilish holatlari kuzatilgan.
UNICEF hukumatlarga bu bolalarning xavfsizligiga e’tibor qaratish lozimligini eslatmoqda. Shuningdek, muhojir bolalarni ota-onalaridan ajratib, hamrohsiz deportatisiya qilishga chek qo’yishni, ularni vataniga qaytarishdan avval tibbiy tekshiruvdan o’tkazishni so’ramoqda.
Shu kungacha Meksikada 59 567, Gondurasda 3204, Gvatamelada 2512, Salvadorda 1725 kishi virusga chalingan.
Ushbu qashshoq mamlakatlar aholisining ahvoli koronavirus pandemiyasi davrida yanada og’irlashishi turgan gap.
Facebook Forum