Breaking News

AQSh: Rossiya Liviyaga qiruvchi samolyotlar jo'natdi


Tripolidagi hujumga uchragan Mitiga aeroporti, Tripoli, Liviya, 2020-yil, 10-may
Tripolidagi hujumga uchragan Mitiga aeroporti, Tripoli, Liviya, 2020-yil, 10-may

AQSh Afrika qo’mondonligining xabar berishicha, Rossiyaning hukumat himoyasidagi xususiy harbiy bo’linmasi BMT tan olgan hukumatga qarshi kurashayotgan kuchlarni qo’llab-quvvatlash uchun Liviyaga qiruvchi samolyotlar jo’natgan.

Rossiya samolyotlari dastlab Suriyadagi havo bazasida to’xtab, Rossiyaga qarashli ekanini yashirish uchun boshqa rangga bo’yalgan va shundan so’ng Liviyadagi al-Jufra havo bazasiga kelib qo’ngan.

Qiruvchi samolyotlar general Xalifa Xaftar armiyasiga yordam berayotgan Rossiyalik “Wagner group” bo’limmasiga havodan yordam berish uchun kelgani aytilmoqda.

Afrikadagi AQSh kuchlari qo’mondoni general Stefan Taunsend e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, Rossiya “liviyaliklarni bombardimon qilish” uchun yollanma uchuvchilarni jo’natish orqali Afrikada harbiy hozirligini oshirib bormoqda.

Generalning qo’shimcha qilishicha, Xaftar kuchlari ham, xususiy harbiy kompaniyalar ham Rossiya yordamisiz bunday samolyotlarni qo’lga kirita olmaydi.

23-may kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog’an bilan telefon orqali muloqot qilib, Liviyada tashqi kuchlar ta’siri kuchayib borayotgani yuzasidan xavotir bildirdi.

Turkiya Tripolidagi xalqaro hamjamiyat tan olgan hukumatni qo’llab-quvvatlamoqda. Anqaraning ogohlantirishicha, agar Xaftar kuchlari hujumni davom ettirsa, “jiddiy oqibatlar”ga giriftor bo’ladi.

Tanqidchilarning aytishicha, Moskvaning Xaftar kuchlariga yordam qo’lini cho’zishi mintaqada beqarorlikni kuchaytirib, Yevropada migratsiya inqirozining boshlanishiga hissa qo’shdi.

Yevropadagi AQSh Havo kuchlari qo’mondoni generali Jef Xarigianning aytishicha, Rossiya Afrikada janubiy Yevropa uchun “jiddiy xavfsizlik muammolari”ni yaratmoqda.

“Agar Rossiya Liviya sohilidagi bazani egallasa, navbatdagi qadam bu yerda doimiy va uzoq masofali mudofaa tizimini o’rnatish bo’ladi”, - deya qo’shimcha qildi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG