Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekistondagi yetakchi eksperti Yonas Astrupga ko'ra, respublika uchun birlamchi masala - ish o'rinlari va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov deydiki, mamlakat paxtasi va to'qimachilik mahsulotlariga nisbatan xalqaro cheklovlarni bekor qilish fursati yetdi. Islohotlar to'xtamaydi, O'zbekiston taraqqiy etish uchun kattayu-kichik sinovlardan o'tishga tayyor, dedi u 28-may kuni o'tgan onlayn anjumanda. Unda so'zlagan huquq himoyachilari nazarida real fuqaro jamiyati shakllanishi uchun hukumat ularni rasman tan olib, nohukumat tashkilotlarning ro'yxatdan o'tishini yengillashtirishi lozim. AQSh Mehnat vazirligi rasmiylari O'zbekiston bilan muloqot kengayib borayotganini aytib, texnik yordam va tavsiyalar berishga tayyor ekanini eslatdi. Majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan "Paxta kampaniyasi"ga ko'ra, O'zbekiston paxtasiga bu muammo sabab qo'yilgan boykotni to'xtatishga erta. Paxtani hali ham yuzlab ming odam majburan terayotganini hisobga olsak, deydi bu harakat vakillari, tizimda ko'p o'zgarishlar qilish kerak.
Mobil-salom: Mehnat, huquq va iqtisod
Xalqaro Mehnat Tashkilotining O'zbekistondagi vakili Yonas Astrupga ko'ra, respublika uchun birlamchi masala - ish o'rinlari yaratish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov deydiki, mamlakat paxtasiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish fursati yetdi.
Siz uchun
-
Dekabr 27, 2024
Jurnalistikaning asosi va muddaosi nima?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 01, 2024
Buxoro Varnet: Turkiya sarmoyasi, dam olish maskani
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": Real Amerika qanday?
-
Noyabr 11, 2024
"Chiqish": Nega va qanday qilib? Chikagodagi vatandoshlar
Facebook Forum