Breaking News

Xorijiy talabalarning taqdiri mavhumligicha qolmoqda


Xorijiy talabalar va tajriba almashinuv dasturi (“SEVP”) xalqaro talabalarni  kuzgi semester uchun mamlakatga qaytish kerak yoki kerak emasligi haqida haligacha aniq ko’rsatmalar bermadi. Bundan norozi talabalar esa petitsiya uyushtirdi.

Pandemiya davrida universitet va kollejlar onlayn ta’lim tartibiga o’tgani sababli ba’zi talabalar AQShga qayta olmasliklaridan xavotirda.

Sirtqi ta’limda tahsil oluvchi talabalar besh oygacha mamlakatda bo’lmasa, viza bilan bog’liq muammolarga duch kelishi mumkin.

Kollej va universitetlar esa xorijiy talabalarning taqdiriga oid qarorni “SEVP” dasturidan mustaqil holda qabul qila omaydi.

“SEVP”ning 14-martdagi yo’riqnomasida “Xalqaro talabalar COVID-19 tufayli AQSh yoki AQShdan tashqari mamlakatda masofali ta’lim olishi mumkin” deb yoziladi.

Ba’zi talabalar esa, aksincha, AQShga qaytmasdan, vatanidan turib o’qishni virtual davom ettirishni istamoqda.

“Ba’zi xalqaro talabalar kuzgi semestrada ham vatanida qolib, o’qishni onlayn davom ettirishni istaydi. Shu sabab, biz kuzgi semestrda qanday shaklda o’qish qarorini talabalarning o’ziga qo’yib berilishini talab qilamiz” deb yoziladi petitsiyada.



  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG