Breaking News

Yuzlab o'zbekistonliklar hanuz Rossiya-Qozog'iston chegarasida qolmoqda


O'zbekistonliklar hanuz Rossiya-Qozog’iston chegarasida sarson
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00

Rossiya-Qozog’iston chegarasida yig’ilib qolgan, tunni ochiq dalada o’tkazayotgan o’zbekistonlik muhojirlarning yordam so’rab hukumatga, Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan murojaatlari matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalar ekan, O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Vazirlik O’zbekiston fuqarolarini ijtimoiy tarmoqlarda Qozog’iston chegarasini ochgani haqida tarqalayotgan ma’lumotlarga, “chegaradan o‘tkazib qo’yish” taklifini bildiriayotgan vositachilar xizmatiga ishonmaslikka chaqirdi.

“Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqarolarning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat, ayniqsa, qariyalar, kasallar, doimiy kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.

Yana bir bor, Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi vazirlik tomonidan tarqatilgan xabarda.

Ma’lumotlarga ko’ra, Rossiyaning Orenburg va Samara viloyatidagi chegara hududlarida mingga yaqin o’zbekistonlik to’plangan. Ular asosan Rossiyada ishlab yurgan, pandemiya bois ishsiz qolgan yoki boshqa sabablar bilan vatanga qaytishga qaror qilgan mehnat muhojirlaridan iborat.

Avvalroq chegara hududida to’plangan O’zbekiston fuqarolari shu hududdagi katta yo’lni to’sib qo’yishga uringan, natijada Rossiya politsiyasi va muhojirlar o’rtasida ziddiyat kelib chiqqan edi.

O’zbekiston hukumati xorijdagi vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilmoqda. Prezident Mirziyoyev xorijdagi 100 mingdan oshiq fuqaro O’zbekistonga qaytish istagida charter reyslar uchun navbat kutayotganini bildirgan edi.

Ammo Rossiyada ishlayotgan O’zbekistonlik mehnat muhojirlarining soni 2 million atrofida baholanadi, ularning 100 mingga yaqini vatanga qaytish imkoniyatini kutmoqda.

Hukumat tomonidan tashkil etilayotgan charter reyslar xorijdagi buncha fuqarolarni vatanga olib kelish imkoniyatini bermaydi. Bu reyslar, avvalo, nogironlar, kasallar, keksalar, yosh bolali ayollar uchun mo’ljallangani ta’kidlanmoqda.

Ishidan ajragan, charter reyslarni kutish imkoniyati bo’lmagan O’zbekiston fuqarolari Rossiyaning turli burchaklaridan kelib, Qozog’iston chegarasi yaqinida to’planmoqda; shu yerdagi ochiq dalada yashab, O’zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.

Bir muncha avval Rossiya-Qozog’iston chegarasida to’plangan mingga yaqin fuqaro maxsus reyslar orqali O’zbekistonga olib chiqilgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG