Breaking News

Tramp "Orzumandlar"ga fuqarolik berilishini ma'lum qildi


AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatga bolaligida noqonuniy yo’llar bilan olib kelingan migrantlarga fuqarolik berilishini ma’lum qildi. Prezident bu haqda “Telemundo” kanaliga bergan intervyusida to’xtalgan.

“Ularga fuqarolik olish uchun imkoniyatlar yo’lini taqdim etamiz”, - dedi prezident ispanzabon telekanal orqali.

Noqonuniy immigrantlar avlodini himoyasiga olgan DAKA (DACA) dasturi 44-prezident Barak Obama davrida joriy etilgan. Tramp ma’muriyati dasturni tugatish uchun harakatda edi. AQSh Oliy sudi iyun oyida Oq uyning bu qaroriga to’sqinlik qilgan.

Qo’shma Shtatlarga bolalik chog’ida olib kelingan taxminan 800 000 hujjatsiz muhojirga mamlakatda ishlash imkonini beruvchi DAKA dasturini Tramp ma’muriyati 2017-yil sentabridan buyon yopishga urinayotgan edi.

“Orzumandlar” (“Dreamers”) nomini olgan ushbu qatlam DAKA himoyasida AQShda yashash, ta’lim olish va mehnat qilish huquqini qo’lga kiritgan. Deportatsiyadan shu tariqa omon qolayotgan edi. “Orzumandlar” orzusi vanihoyat ushaladigan ko’rinadi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG