AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola
“Xitoy AQSh milliy xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga uzoq yillar mobaynida eng yirik tahdid uyg’otib kelayotgan davlat bolib qolmoqda”, - deydi Federal qidiruv byurosi direktori Kristofer Rey.
Xitoy Kommunistik partiyasi global maydonda iqtisod va texnologiya bo’yicha liderga aylanish uchun ko’p tarmoqli kampaniya ishiga zo’r bermoqda, deydi Rey:
“Afsuski, Xitoy ana shu maqsad uchun qonuniy innovatsiya, adolatli raqobat, AQShda e’zozlanganidek, fuqarolarning so’z, fikr va ijodiy erkinligini ta’minlash bilan kurashayotgani yo’q. Aksincha, butun davlat miqyosida har qanday qabih ishlardan tap tortmagan holda yagona yetakchilik uchun intilmoqda”.
Reyning ta’kidlashicha, Pekin iqtisodiy josuslik, xakerlik hujumlari, intellektual mulkni o’g’irlash, pora va shantaj vositasida dunyoni zabt etishga urinmoqda. AQShning siyosiy nufuziga zarba berish, mamlakatdagi demokratik jarayonlar va qadriyatlarni toptash uchun barcha nayranglarni ishga solmoqda.
Federal qidiruv byurosi rahbariga ko’ra, bu johillik uchun Xitoy Kommunistik partiyasi javobgar:
“Xitoy xalqini ham, AQShning asli xitoylik bo’lgan fuqarolarini ham ayblash fikridan yiroqmiz. Shu kunga qadar necha-necha avlodlar Xitoydan AQShga kelib, erkinlik ne’matidan bahramand bo’lgan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shgan”.
Xitoy hukumati va Kommunistik partiyasi qonun ustuvorligi tamoyillarini qo’pol ravishda buzmoqda. Kristofer Rey Xitoy rahbari Si Zinpin korrupsiyaga qarshi joriy etgan “Tulki ovi” dasturiga quyidagicha izoh berdi:
“Tulki ovi” aslida Pekinning xorijdagi xitoyliklarga qarshi qaratilgan dasturi. Xususan, Xitoy hukumatining inson huquqlarini beayov toptashini fosh qilayotgan tanqidchilar va muxolif kuchlarni qo’lga olish va jazolashni nazarda tutadi”.
Pekin o’ziga dushman deb bilgan xorijdagi shaxslarni Xitoyga qaytarish uchun bosim o’tkazmoqda. Ularning oila a’zolarini hibsga olish bilan turli shartlarni qo’ymoqda.
“Xitoy tahdidiga qarshi samarali kurash Pekin bilan aloqalarni batamom uzishni anglatmaydi. Biroq Xitoy AQSh qonunlari va xalqaro normalarni buzsa, biz albatta chora ko’rishimiz aniq. Federal qidiruv byurosi va AQShga sherik tomonlar Xitoyni javobgarlikka tortish uchun kurashadi. Amerika xalqining innovatsion g’oyalari, mafkurasi va hayot tarzi mustahkam himoya ostida”, - dedi Rey.
Facebook Forum