Xoʻjandning markaziy «Panjshanbe» bozori va “Shayx Muslihiddin” jome masjidi orasidagi xiyobonda ham dehqon bozori paydo boʻldi. Kunduzi oftob taftiga dosh berish qiyin boʻlgani uchun sotuvchi va xaridorlar siyrak. Ammo erta tong – hali quyosh boʻy koʻrsatmasidan boshlanadigan hoʻl mevalar bozori yarim tungacha davom etadi. Atrofdagi shahar va tumanlardan dehqon va bogʻbonlar yetishtirgan mevalarini keltirib, bozor va supermarketlardan 15-20 foiz arzon narxda sotadi. Bu yil chegaralar berkligi va aholining daromad manbalari qisqarganligi sababli ham mahalliy dehqon bozorlari har yilgidan gavjum. Odamlar oʻz tomorqasida mevalarni ham bozorga chiqarib, oz bo’lsa-da, pul topishga urinmoqda.
Dehqon bozorlari
Pandemiya paytida Tojikiston bozorlaridagi qadoqlanmagan (mahalliy) oziq-ovqat va hoʻl meva rastalari deyarli boʻshab qoldi. Pishiqchilik davriga kelib, ularning oʻrnini dehqon bozorlari bosa boshladi.
Facebook Forum