Breaking News

Senat 2016-yilgi saylovni hanuz taftish qilmoqda


Rossiya rahbari Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampga futbol bo'yicha jahon chempionati to'pini taqdim etmoqda. Xelsinki, 16-iyul, 2018.
Rossiya rahbari Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampga futbol bo'yicha jahon chempionati to'pini taqdim etmoqda. Xelsinki, 16-iyul, 2018.

AQSh Senati 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuviga doir yangi hisobotni taqdim etdi. Hujjatda qayd etilishicha, Moskva saylov natijalariga ta’sir ko’rsatish maqsadida tizimli ish olib borgan, qator choralarni qo’llagan.

Hisobotda Donald Tramp saylov kampaniyasining o’sha paytdagi raisi Pol Manafortning Kremlga aloqador shaxslar bilan yaqin munosabati davlat xavfsizligi uchun jiddiy tahdid uyg’otgani qayd etilgan. Federal qidiruv byurosining saylovga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan olib borgan surishtiruv-tergov ishi “ishonchsiz” deb topilgan.

Shu mavzuda Senatning Razvedka qo’mitasi tomonidan 18-avgust kuni taqdim etilgan beshinchi hisobot uch yillik mehnatning eng ahamiyatli natijasi sifatida e’tirof etilmoqda. Hisobot yuzlab guvohlarning ko’rsatmalari va 1 million sahifadan ziyod tegishli hujjatlar tahlilini o’z ichiga olgan.

Rossiya va Tramp saylov kampaniyasi tarkibidagi nufuzli figuralar hamda maxfiy axborotni fosh qiluvchi “WikiLeaks” vebsayti singari yordamchi vositalar hisobotning asosiy predmeti bo’lgan.

Garchi hisobotda Tramp kampaniyasi rasmiylarining saylovda g’olib chiqish maqsadida ongli ravishda Rossiyadan ko’mak olganiga doir dalil yo’q. Biroq qo’mita mutaxassislari xulosasiga ko’ra, rasmiylar Kreml tarafidan bo’layotgan aralashuvga qarshilik ko’rsatgan emas.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya xakerlari demokratlarning Milliy qo’mitasi kompyuter tizimiga kiber-josuslik operatsiyalarini amalga oshirib, maxfiy ma’lumotlarni o’zlashtirgan. Qo’lga kiritilgan axborotni “WikiLeaks” chop etgan. Tramp kampaniyasi esa o’zining elektoral manfaatlari yo’lida ana shunday tashqi ta’sirlarning ortishi uchun imkon yaratishga uringan.

Senat hisobotida nufuzli respublikachi Manafortning 2016-yilning mart oyida Tramp kampaniyasiga qo’shilishi bilan bog’liq vaziyat alohida xavotirga sabab bo’lgani aytiladi.

“Manafortning kampaniyadagi faoliyati va Tramp bilan yaqinligi Rossiya razvedkasi uchun maxfiy ma’lumotlarni qo’lga kiritish imkonioyatini yaratgan” deyiladi hisobotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG