Breaking News

AQSh Xitoydan keladigan paxta mahsulotlariga taqiq qo'yishi mumkin


Xitoyning Shinjon viloyatidagi paxta dalasi, 2015-yil, 20-sentabr
Xitoyning Shinjon viloyatidagi paxta dalasi, 2015-yil, 20-sentabr

“Nyu-York Tayms” nashrining yozishicha, Trump ma'muriyati Xitoyning Shinjon viloyatida ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlari importiga taqiq qo’yishi mumkin.

Bu masala bilan tanish uch manbaga asoslangan holda yozilgan xabarda ta'kidlashicha, AQShning bu qarori bir-ikki kunda e’lon qilinishi mumkin. Shinjonda uyg’urlar majburiy tarzda paxta dalalariga, to'qimachilik fabrikalariga va shaharlardagi qora ishlarga jalb qilinishi haqida asosli ma’lumotlar bor.

Dunyodagi ko'plab yirik va taniqli kiyim-kechak brendlari tomonidan ishlatiladigan paxta va to'qimachilik mahsulotlarining asosiy manbasi Shinjon ekani aytiladi. Bu taqiq Xitoydan keltiriladigan yirik kiyim-kechak brendlarini parokanda qilishi mumkin.

Taqiq AQSh Bojxona va chegara nazorati agentligi tomonidan e’lon qilinishi kutilyapti. Ilgari ham Shinjonda majburiy mehnatdan foydalanishda gumon qilingan ayrim kompaniyalarga mana shunday cheklovlar joriy qilingan edi.

Tramp ma'muriyati Shinjondagi ozchilik etnik musulmonlarga nisbatan Pekin yuritayotgan tazyiq siyosatini keskin qoralaydi. Ayniqsa, bir millionga yaqin uyg'ur va boshqa musulmon ozchiliklarning ommaviy lagerlarda saqlangani AQSh va boshqa xalqaro hamjamiyat a’zolari tomonidan tanqid qilib kelinadi.

Prezident Donald Tramp iyun oyida Xitoyda uyg'urlar va boshqa ozchilik guruhlarning diniy e'tiqodlarini yo'q qilishga qaratilgan siyosat olib borgan va inson huquqlarini poymol qilgan rasmiylari jazolovchi qonunga imzo chekkan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG