Breaking News

O'zbekiston Qirg'izistondagi siyosiy beqarorlikdan jiddiy xavotirda


"Qirgʻiz Respublikasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji Oʻzbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uygʻotmoqda", - deya bildirmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

"Oʻzbekiston yaqin qoʻshni va strategik sherik sifatida qardosh Qirgʻizistondagi vaziyatning mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez orada barqarorlashuviga umid qiladi."

Toshkent Bishkekka shu tariqa doʻstlik, qoʻshnichilik va serqirra hamkorlikka sodiq ekanini eslatmoqda.

Mirziyoyev rahbariyatiga ko'ra, Qirgʻiziston barqarorligi va taraqqiyoti butun Markaziy Osiyo xavfsizligi va farovonligi uchun muhim.

"Hozirgi murakkab vaziyatda biz Oʻzbekistonda koʻp asrlik tarixiy va qarindoshlik rishtalari, umumiy madaniy hamda maʼnaviy qadriyatlar bilan mustahkam bogʻlangan birodar Qirgʻiziston xalqiga har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyormiz", - deyiladi Tashqi ishlar vazirligining 6-oktabr kungi bayonotida.

Qozog'iston va Rossiya ham Qirg'izistondagi ahvoldan xavotir bildirgan. AQSh xalqaro hamjamiyatni vaziyatga aralashmaslikka undab, kelajakni Qirg'iziston xalqining o'zi hal qilsin, deya uni quvvatlamoqda.

4-oktabrda o'tgan parlament saylovlari ketidan Qirg'iziston xalqini qutlab, ovoz berish jarayonida xalqaro kuzatuvchilar qayd etgan xatolarni tuzatishga undovchi bayonotlar chiqqan edi. Lekin bugunga kelib bu saylov natijasi bekor qilindi.

Bishkekda yangi hukumat shakllanmoqda. Prezident Sooronboy Jeenbekov hamon hokimiyatda ekanini aytmoqda, biroq parlament spikeri va bosh vazir yangilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG