Breaking News

Tinchlik har narsadan ustun, deydi iste'fo bergan Qirg'iziston rahbari


Qirg’izistonda parlament saylovlaridan so’ng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari va siyosiy inqirozga nuqta qo’yish zarurligini ta’kidlab, Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi.

Xalqaro hayot – 15-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:45 0:00

“Mamlakat tinchligi va birdamligi har qanday lavozimdan ustun”, deyiladi prezident bayonotida.

“Hokimiyatga yopishib olganim yo’q. Qirg’iziston tarixida qon to’kib, o’z xalqiga o’q uzgan prezident sifatida nom qoldirishni istamayman. Shuning uchun iste’foga chiqishga qaror qildim”.

Sadir Japarovni yangi bosh vazir etib tayinlash to’g’risidagi parlament qarorini tasdiqladim, deydi Jeenbekov, biroq bu “keskin kayfiyatlarga chek qo’ymadi, meni ishdan ketishga chaqiriqlar to’xtovsiz davom etdi”.

Bayonotda keltirilishicha, namoyishchilar va huquq-tartibot organlari yana to’qnashuvga yaqin turibdi, har ikki tomon provokatsiyaga berilmasligi lozim.

Sooronbay Jeenbekov Japarov va boshqa siyosatchilarning tarafdorlarini mitinglarni to’xtatishga undamoqda.

6-oktabrda namoyishchilar tomonidan qamoqxonadan ozod etilgan sobiq deputat Sadir Japarov viloyat hokimini garovga olish va boshqa jinoyatlarda ayblanib, 2017-yilda 11,5 yilga qamalgan edi. Sud o’tgan hafta namoyishlar paytida hukmni bekor qildi.

Tanqidchilarga ko’ra, Qirg’izistonda 4-oktabr kungi parlament saylovlari huquqbuzarlik bilan o’tgan, ovozlar sotib olingan. Mag’lub bo’lgan partiyalar tarafdorlari natijani tan olmadi, hukumat binolarini bosib oldi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov avvalgi bayonotlarida hukumat shakllanib, siyosiy vaziyat barqarorlashganidan so’ng iste’fo berishga va’da bergan edi. Qirg’izistonda oxirgi 15 yilda uchinchi prezident isyon natijasida lavozimidan ketmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG