Breaking News

AQSh viza cheklovlarini kuchaytirmoqda


Prezident Donald Tramp "Amerika mahsulotini sotib ol, amerikaliklarni ishga yolla" shiori ostida nutq so'zlamoqda. Kenosha, Viskonsin, 18-aprel, 2017.
Prezident Donald Tramp "Amerika mahsulotini sotib ol, amerikaliklarni ishga yolla" shiori ostida nutq so'zlamoqda. Kenosha, Viskonsin, 18-aprel, 2017.

AQShda prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, Donald Tramp ma’muriyati xorijdan vaqtincha muddatga ishchi kuchini yollash bo’yicha cheklovlar o’rnatmoqda. Qonunchilar bu borada uzoq yillardan buyon islohot o’tkazish borasida tortishib kelayotgan edi.

Amerika kompaniyalari uchun “H-1B” vizasi bilan maxsus sohalarga xorijdan ishchi qabul qilish murakkablashgan. Joriy oy avvalida Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan joriy etilgan tartibga ko’ra, ana shu “maxsus sohalar” ro’yxati qisqartirilgan. Mehnat vazirligi joriy etgan tartibga ko’ra, xorijlik ishchilarga beriladigan minimal mehnat haqi 30 foizga oshirilgan.

“Umuman olganda, xorijdan taklif etiladigan malakali kadrlarning viza va AQShda mehnat qilish huquqini qo’lga kiritishi qiyinlashadi. Ularga xomiylik qilayotgan kompaniyalar ham qator to’siqlar bilan yuzlashadi”, - dedi immigratsiya bo’yicha advokat Rozanna Berardi “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Ishchi kuchi importining qimmatlashuvi mahalliy ishchilarni jalb etishga imkon yaratadi. Ayrim iqtisodchilarga ko’ra, bunday vaziyatda AQSh kompaniyalari xorijga ko’chishga qaror qilishi mumkin.

AQShda sentabr oyida ishsizlik 7,9 foizni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich aprel oyida 15 foizga yaqin edi. Pandemiyaga qadar Amerikada mehnatga layoqatlilarning 3,5 foizi ishsiz bo’lgan.

Tramp ma’muriyati yangi choralar mamlakatda ish o’rinlarini kengaytirish va himoyalashga xizmat qilishini aytmoqda.

Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, shu paytga qadar AQShda 500 mingdan ziyod ish o’rinlarini mahalliy kadrlarning o’rniga “H-1B” vizasiga ega bo’lgan xorijliklar egallab kelgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG