Afg’oniston poytaxti Kobulda yuz bergan portlashda uch kishi halok bo’ldi, o’ndan ortiq odam yaralandi. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Firdavs Faramarz xabar berdi.
Xuruj uchun mas’uliyatni hozircha hech kim zimmasiga olgani yo’q, ammo so’nggi paytlarda yuz bergan ko’plab zo’ravonliklar uchun Tolibon va “Islomiy davlat”ga mansub guruhlar o’z aloqadorligini tan olgan.
Afg’oniston janubida politsiya qarorgohiga yaqin joyda bugun yana bir portlash yuz bergan. Bu xurujda ham uch kishi halok bolgan. Hujum qilganlardan to’rttasi o’ldirilgani aytilmoqda.
So’nggi xurujlar BMTning Afg’onistondagi missiyasi mamlakatda oddiy aholi vakillari o’limi o’tgan yilga qaraganda kamaygani haqida hisobot chiqarishi ortidan yuz berdi.
“Odatda, bu yo’ldan xavfsizlik kuchlari yoki chet el askarlari foydalanmaydi. Nimani nishonga olishganini bilmayman. Biz 10-15 ta yaralangan va o’lganlarni kasalxonaga olib bordik”, - deydi guvohlardan biri.
Facebook Forum