–Bu yetarli maʼlumot boʻlmaganidan. Ayniqsa, mahalliy oʻzbeklar uchun deyarli axborot yoʻq, – deydi faol oʻzbeklardan bo’lgan Tilaboldi Abdunazarov. –Biz imkon qadar odamlarga koronavirus haqida maʼlumot yetkazishga harakat qilyapmiz, oʻzbek tilidagi “Maʼnaviyat” gazetamizda kasallikni oldini olish, davolanish haqida ishonchli maʼlumotlar chop qilib, mahalliy oʻzbeklar orasida tarqatyapmiz, ammo bu yetarli emas. Odamlar Oʻzbekiston televideniyelarini koʻrishadi va xotirjam boʻlishadi. Vaholanki, oʻz qishlogʻidagi ahvol televideniyeda koʻrsatilganidan koʻra xatarliroq, – deydi suhbatdoshimiz.
Uning fikricha, koronavirus haqida rasmiy matbuotda aytilayotgan maʼlumotlarga tayanib boʻlmaydi. Vaziyat koʻrsatilayotganidan koʻra xatarliroq. Odamlarning esa parvoyi falak, tirikchilik dardida oʻzini oʻqqa-choʻqqa uradi. Koʻchalar, bozorlar, jamiyat transportlari gavjum.
Suratlarda Xoʻjand shahri va Jabbor Rasulov tumanida oktabr oyining oxirgi kunlaridagi holat aks etgan.
Facebook Forum