Breaking News

Saylovga oid ommaviy so'rovlar nega o'zini oqlamadi?


Saylov - 2020: so'rovlar nega xato chiqdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Saylov oldidan o’tkazilgan so’rovlar Jo Bayden prezidentlik saylovida osonlikcha g’alaba qozonishini bashorat qilgan edi. Ammo bu taxminlar o’zini oqlamadi.

Frenk Lants so’rov o’tkazish bo’yicha respublikachi ekspert. Saylov oldidan u so’rovlarning xato chiqishi bu sohaga jidiy putur yetkazishini aytgan edi.

“Agar Donald Tramp haq, so’rovda qatnashganlar xato bo’lib chiqsa, menga o’xshagan odamlar o’ziga boshqa ish topishi kerak”, - deydi u.

Jo Bayden g’alaba qozongan bo’lsa-da, o’rtadagi farq so’rovlardagidek katta bo’lmadi. Demokratlar Vakillar palatasida bir nechta joyni boy berdi, Senatda ham ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kirita olmadi.

Amerika universiteti professori Jozef Kempbel siyosiy so’rovlardagi mashhur xatolar haqida kitob yozgan.

“So’rovlar demokratlar yaqqol ustun kelishini, Jo Bayden Oq uyga osonlikcha kirishini, Vakillar palatasida yanada ko’proq o’rin egallab, Senatda ham ustun bo’lishini ko’rsatgan edi. Bularning hech biri sodir bo’lmadi”, - deydi u.

Jorj Vashington universiteti professori Bil Shnayderga ko’ra, odamlar so’rovdagi natijaga ishonadi.

“So’rovlar ko’plab Tramp tarafdorlarini jonlantirib yubordi. Odatda, saylovga chiqib yurmagan oq tanli ishchilar so’rov natijalaridan g’azablandi va prezidentni, Respublikachilar partiyasini saqlab qolish uchun ovoz berishga chiqdi”, - deydi u.

So’rovlardagi ehtimoliy xatoni kamaytirish uchun saylovga chiqadigan odamlarni aniqlash muhim.

“So’rov o’tkazayotganingizda, albatta, ovoz beraman, deb aytadigan, lekin aslida saylovga chiqmaydigan odamlarni chiqarib tashlashingiz kerak. Bu turli yo’llar bilan amalga oshiriladi, shuni tekshiruvchi maxsus choralar ishlab chiqilgan”, - deydi Kempbel.

Ba’zilarga ko’ra, so’rovlar natijani emas, balki o’sha paytdagi siyosiy kayfiyatni ifodalaydi.

“Siyosiy jihatdan nima yuz berayotganini aniqlashda so’rovlar foydali, lekin keyin nima bo’lishini ular aniqlab berishi qiyin. Chunki odamlar o’zgaradi, so’rov natijalari ham ularni o’zgartiradi”, - deydi Shnayder.

Natijalar hafsalani pir qilgan bo’lsa ham, bu soha yashab qoladi.

“Amerika hayoti, biznes, madaniyat va siyosatga ommaviy so’rov va tadqiqotlar yanada chuqur kirib bormoqda”, - deydi professor Kempbel.

Shu darajadaki, 2024-yilgi saylov uchun so’rovlar allaqachon boshlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG