Breaking News

Isroil aholini emlashda Falastinga yordam berishi kerakmi?


Sharqiy Quddus, 2021-yil, 7-yanvar
Sharqiy Quddus, 2021-yil, 7-yanvar

Isroil martgacha aholisining aksariyatini koronavirusga qarshi emlab bo’lishini aytmoqda. Ammo qo’shni Falastinda hali vaksina yo’q.

G’arbiy sohil va G’azo sektorida koronavirusga chalinganlar soni 150 mingga yetgan. Aslida raqamlar bundan ham yuqori bo’lishi mumkin.

Falastin ma’muriyati vaksina yetkazib berish bo’yicha bir qator xalqaro kompaniyalar bilan shartnomalar imzolaganini aytmoqda. Sog’liqni saqlash vazirligi yaqinda favqulodda holatlar uchun Rossiyaning “Sputnik” vaksinasini qo’llashga ruxsat berdi.

“Sog’liqni saqlash vazirligi vaksina import qilish bo’yicha to’rtta kompaniya bilan kelishuv imzoladi. Kelasi ikki oy ichida vaksinalar yetib keladi. Emlashni tibbiot xodimlari, keksalar va bemorlardan boshlaymiz. G’arbiy sohil, G’azo sektori va Quddusdagi aholining yetmish foizini emlaymiz”, - dedi Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye.

Ammo vaksinalar yetib kelguncha pandemiya yanada kuchayishi mumkin. Ayniqsa, aholisi gavjum va qashshoq G’azo sektorida.

Xalqaro yordam tashkilotlarining aytishicha, Isroil falastinliklarni vaksina bilan ta’minlashi kerak.

“Isroil, G’arbiy sohil yoki G’azo sektori bo’ladimi, hanuz bosqinchi davlat sifatida turar ekan, Isroil hukumati o’z nazorati ostidagi barcha aholining ahvoli uchun javobgar. Isroil Falastinga mustaqil bo’lishning barcha yukini topshirib, lekin hech qanday foydasini bermayapti”, - deydi “Gisha” nodavlat tashkiloti faoli Tanya Hari.

Ba’zi siyosiy tahlilchilar fikricha, Falastin rasman yordam so’rab murojaat qilgan taqdirdagina Isroil ko’mak ko’rsatishi mumkin. 1995-yilgi Oslo tinchlik bitimida shunday yozilgan, deydi ular.

Falastinliklar yordam so’ragan taqdirda ham, ularda vaksinalarni saqlash va tashish uchun mo’ljallangan maxsus idishlar yo’q. Bunday jihozlarni ham Isroil yetkazib berishi kerak bo’ladi.

Xalqaro hayot - 14-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:18 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG