O’zbekistonda hozir qayerga bormang, energetik taqchillik haqida eshitasiz. Bu qish hatto poytaxt Toshkentda ham gaz va elektr toki yetishmovchiligi kuzatildi. Gaz bo’lsa ham bosim shu qadar pastki, uyni isitishga yetmaydi. “Issiq pol” texnologiyasini qo’llayotganlar toksiz qolish qo’rqinchi bilan yashayotganini aytadi. Mahalliy hokimliklar muammo jiddiy va keng ko’lamli ekanini tan olib, tumanma-tuman, qishloqma-qishloq shug’ullanishayotganini bildiradi.
Xo'sh, markaziy hukumat qanchalik ogoh va xalq hayotini osonlashtirish uchun qanday harakatda?
“Amerika Ovozi” O’zbekiston Energetika vazirligiga tashrif buyurib, vazir Alisher Sultonov bilan muloqot qildi.
Hukumat bu yili qish erta va qattiq kelishi, buning natijasida vaziyat og’irlashishi mumkinligi haqida qanchalik bosh qotirdi?
Energetik muammolar bu yil yoki o’tgan yili boshlangani yo’q. Chuqur ildizli, sistematik masalalar yig’indisi uchun kim javob beradi?
Respublikada energetik islohotlar boshlanganmi va qanday o’zgarishlar qilinmoqda?
Energetik tizimdagi korrupsiyaga nisbatan kim chora ko’radi, yulg’ichlik uchun kim mas’ul?
Energiya eksporti ortidagi omillar nima?
O’zbekiston muqobil energetika borasida qanchalik jiddiy? Bu yo’nalishda qanday qadamlar tashlanmoqda?
Xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qanday? Xorijiy tashkilot va hamkorlarning tavsiya va maslahatlari qanchalik inobatga olinmoqda?
Qolaversa, Alisher Sultonov xalq dardi bilan qanchalik tanish? Gaz va toksiz yashayotgan odamlarni tushunadimi? Jamoatchilik bilan uchrashganida ulardan qanday shikoyatlar eshitmoqda va sharoitni yengillashtirish uchun nima qilmoqda?
Facebook Forum