Breaking News

AQShda mahalliy ekstremizm tahdidi ortmoqda


Kapitoliyni qo'riqlayotgan Milliy gvardiya kuchlari. Vashington shahri, 7-yanvar, 2021.
Kapitoliyni qo'riqlayotgan Milliy gvardiya kuchlari. Vashington shahri, 7-yanvar, 2021.

AQSh Razvedka xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatda mahalliy ekstremizm tahdidi tobora kuchayib bormoqda. Hamyurtlari va AQSh hukumatiga qarshi hujum uyushtirish payida bo’lgan ko’plab guruhlar faollashgan.

AQShda o’tgan saylovlar, hokimiyat almashinuvi va Kapitoliyga hujum ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqelik ekstremist guruhlar va alohida jinoyatchilarni junbushga keltirgan. Razvedka xizmati 17-mart kuni taqdim etgan hisobot shu mavzuga bag’ishlangan.

“Ozchilik qatlamiga qarshi shakllangan munosabat va hukumatni mazkur muammoga haddan ziyod urg’u berayotganlikda ayblayotgan ichki ekstremist guruhlar yanada radikallashgan”, deyiladi hisobotda.

Hujjat mualliflariga ko’ra, prezident saylovi natijalaridan ayrim guruhlar noroziligi va koronavirus pandemiyasi kabi qator omillar mahalliy ekstremistlarning joriy yilda zo’ravonlikni kuchaytirishiga sabab bo’lishi mumkin.

Aslida, Donald Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bosqinidan ikki oydan ziyod vaqt o’tib e’lon qilingan bu hujjat Oq uy va Kongressga katta hajmda taqdim etilgan maxfiy hisobotning bir qismidir.

“Mahalliy ekstremizm mamlakatda qayd etilayotgan jiddiy va doimiy tahdiddir. Ushbu dolzarb muammoni hal etish uchun faol kurashayapmiz”, - dedi AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.

Ma’lum qilinishicha, oq tanli irqchilarning targ’ibot va tashviqot uchun intilishi 2020-yilda ikki barobar oshgan. Bunday harakat mamlakatning barcha shtatlarida qayd etilgan.

O’tgan yilda mamlakatda rasizm propagandasiga oid jami 5125 ta holat aniqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG