❓ O'zbekiston o'zgarishni istaydi, lekin o'zgarmayapti; Alisher Qodirov uni o'zgartirmayotganlardan biri, degan tanqid kuchli. "Milliy Tiklanish" Demokratik Partiyasi lideri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o'rinbosari bunday qoralovga qanday javob beradi?
❓ Demokratiyani deputat qanday talqin qiladi?
❓ Alisher Qodirov muxolif partiyalar mamlakat siyosiy maydoniga chiqishga harakat qilayotganini biladimi? Ular bilan yuzlashishga tayyormi? Bu guruhlar tazyiqlardan noliganida, nega u va safdoshlari jim?
❓ O'zbekistonda hukumat yaratgan partiyalar siyosiy kuch emas, degan tahlilga u nima deydi?
❓ "Milliy Tiklanish" 2019-yilgi parlament saylovlari ketidan muxolifat bo'lishga tayyorligini qayd etgan edi. Nega bo'lmadi?
❓ Alisher Qodirov bu yilgi prezident saylovlarida nomzod bo'ladimi? Bu saylov o'zi qanchalik muhim?
❓ Qo'g'irchoq nomzodlar bo'lmaydi, deyishga asos bormi?
❓ O'tgan yillarda va'da qilingan islohotlar hozir qay nuqtada?
❓ Inson o'zgarmasa, jamiyat o'zgarmaydi, deydi "Milliy Tiklanish”. Inson nimaga asosan qanday va kimning ta'sirida o'zgarishi kerak?
❓ Erkinlik yoki xavfsizlik?
❓ Iqtisodiy-ijtimoiy adolat deganda Alisher Qodirov nimani nazarda tutadi?
❓ Deputat bilan suhbatimizning birinchi qismidagi asosiy mavzuga qaytamiz: O'zbekistonda boshqaruv va qonunchilik hali ham qo'rquvga asoslanganmi?
Facebook Forum