Breaking News

Qirg'iziston-O'zbekiston chegarasi: "Kampirobod" suv ombori


Bu Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi eng bahsli hududlardan biri – “Kampir-Obod” suv omborining Qirgʻiziston tomonidan koʻrinishi.

“Kampirrovot” ham deb ataluvchi ushbu suv omborining umumiy maydoni – 5735 gektar. 1300 gektari Qirgʻizistonga, 449 gektari esa Oʻzbekistonga qarashli.

Bahsli hudud – “Kampirobod”ning Qirg’iziston tomonidan ko’rinishi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:28 0:00

Toʻgʻonning balandligi – 115 metr.

1965-yili Qirgʻiziston SSR va Oʻzbekiston SSR Vazirlar kengashi mazkur suv omborini qurish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilgan.

Qurilish ishlari 1969-yili boshlanib, 1983-yili toʻliq yakunlangan.

1991-yilda davlatlar mustaqillikka erishgach, tomonlar oʻzi egallab turgan yerlarni toʻsib olishga oʻtgan. “Ozodlik”ning qirgʻiz xizmati yozishicha, toʻsib olishlar oqibatida suv ombori plotinasining aksariyat qismi va suv maydonining bir qismi Oʻzbekiston tomonga, bir qismi Qirgʻizistonda qolgan. Ammo amalda hududni Oʻzbekiston chegarachilari nazorat qiladi.

“Kampirobod” suv ombori joylashgan hudud boʻyicha lavhani tomosha qiling:

Qirg'iziston-Oʻzbekiston chegara muammolari davom etmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:00 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG