Oʻsh shahridan shimolga qarab 68 chaqirim yoʻl bossangiz, Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan boʻlgan Qoradaryo sohilida joylashgan Oʻzganga yetasiz. Qadimda Oʻzkent, Oʻgʻizkent deb atalgan bu shahar bir muddat Qoraxoniylar davlatining poytaxti boʻlgan.