Qoraxoniylardan qolgan O’zgan minorasiga sayohat
Oʻsh shahridan shimolga qarab 68 chaqirim yoʻl bossangiz, Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan boʻlgan Qoradaryo sohilida joylashgan Oʻzganga yetasiz. Qadimda Oʻzkent, Oʻgʻizkent deb atalgan bu shahar bir muddat Qoraxoniylar davlatining poytaxti boʻlgan. Bu hikoya asrlar boʻyi Qoraxoniylarni xotirlatib kelayotgan Oʻzgan minorasi va uning atrofidagi uch maqbara haqida. Mazkur tarixiy majmua oxirgi marotaba 1983-yilida taʼmirlangan. Bir necha yil avval AQSh Davlat departamenti boshlagan tashabbus, Amerika elchilarining madaniy boyliklarini saqlash jamg'armasi Oʻzgan minorasi doxil Qirgʻizistondagi bir necha tarixiy obidalarni saqlash uchun 500 ming dollar ajratgan. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Madaniyat vazirligiga YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzgan tarixiy majmuasini 2025-yilgacha kiritish topshirigʻini bergan.
Facebook Forum