Breaking News

AQSh "raqamli dollar"ni muomalaga kiritmoqchi


Bitkoin va AQSh dollari
Bitkoin va AQSh dollari

AQSh rasmiylari mamlakat milliy valyutasining raqamli variantini joriy etishga doir reja ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Shu tariqa, AQSh kelgusida valyuta ayirboshlashning zamonaviy yo’llarini izlayotgan qudratli mamlakatlar safiga qo’shilmoqda.

AQSh Markaziy bankning raqamli valyutasini joriy qilishga intilayotgan ilk mamlakat emas. Bu borada dunyoda Xitoy yetakchilik qilmoqda. Federal hukumat AQSh dollarining global savdo va jahon iqtisodidagi ahamiyati, naqd pul va raqamli pul qiymatidagi mutanosiblik nuqtai nazaridan loyihaga qiziqish bildirmoqda.

G’oya tarafdorlariga ko’ra, raqamli dollar shaxslar va bizneslar o’rtasida to’lov operatsiyalarining bir zumda va muqim amalga oshirilishiga zamin yaratadi. O’rtada banklarning vositachilik qilishiga ehtiyoj qolmaydi. Hisob raqamiga ega bo’lmagan shaxslar ham elektron to’lovlarni oson va xavfsiz qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

G’oyani bir qator sabablarga ko’ra yoqlamayotganlar ham talaygina. Tanqidchilar nazdida, raqamli to’lov operatsiyalari federal hukumatga jarayonlarni to’liq nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Iqtisodiy operatsiyalarini maxfiy saqlashni istaydigan shaxslar buni istamaydi.

Shuningdek, dunyo bo’ylab erkin harakatlanadigan raqamli dollar iqtisodi zaif mamlakatlarning markaziy banklari chop etgan milliy valyutalar o’rnini egallab olishi mumkin.

Loyiha qanday natija berishidan qat’i nazar, raqamli valyuta joriy qilishga doir intilishlar global miqyosda jadallashmoqda. Xususan, yuanning raqamli variantini yaratgan Xitoy allaqachon cheklangan masshtabda operatsiyalarni boshlab yuborgan.

“Katta yigirmalik” davlatlarining markaziy banklariga raqamli valyuta bo’yicha maslahatchilik qilayotgan Devid Tritning ta’kidlashicha, jarayonga qiziqish katta. “Katta yigirmalik”ning chorak qismi 2024-yilga kelib, raqamli valyutaga ega bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG