Breaking News

Mahbuslar ovoz berishga haqlimi?


Florida shtatida sobiq mahkumlarning ovoz berish huquqini tiklash harakati vakillari. 8-yanvar, 2019.
Florida shtatida sobiq mahkumlarning ovoz berish huquqini tiklash harakati vakillari. 8-yanvar, 2019.

AQShda sobiq mahbuslarning ovoz berish huquqini tiklashga doir tashabbuslar yanada kuchaygan. Xususan, Florida, Ayova va Kentukki shtatlarida saylov natijalariga ta’sir ko’rsata oladigan darajada o’zgarishlar qayd etilgan. Ayni damda AQShning ikki shtati va poytaxt Vashingtonda qamoq jazosini o’tayotganlar ham ovoz berish huquqiga ega.

Vashington shahrida yaxshi tanish Kori Nayt sobiq mahkumlarning hayotini izga solishga ko’maklashadi. Bu yo’ldagi eng birinchi va muhim qadam ularning ovoz berish, saylash huquqini tiklash, deydi u.

Vashington shahri 2020-yilda panjara ortidagi mahkumlar ovoz berish huquqiga ega bo’lgan Vermont va Meyn shtatlari safiga qo’shildi. Shunday tashabbus bilan kurashgan Nayt ovoz berish huquqining tiklanishi, ayniqsa, qora tanlilar uchun muhimligini aytadi.

Mahbuslarning ovoz berishi nima uchun muhim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

“Ovozlar kuchi raqamlarda aks etadi. Bu esa ko’pchilikni hadikka soladi. Qora tanlilar orasida mahkumlar talaygina. Agar barchamiz birlashib ovoz bersak, bizni hech kim inkor eta olmaydi”, - deydi u.

Tanqidchilar nazdida, mahkumlar o’z qilmishi tufayli ovoz berishga loyiq emas.

“Og’ir jinoyatlarni sodir etib, qamoq muddatini o’tayotganlar biz jamiyat sifatida joriy etgan qonun-qoidalarga bo’ysunmasligini ko’rsatib bo’lgan. O’zlari amal qilishni istamagan normalar uchun ovoz berish huquqini tiklashdan qanday naf?” – deydi Xans Spenkovski.

Tanqidchilarning aksariyatiga ko’ra, mahkumlar jazo muddatini to’liq o’tab, jarima to’lovlarini amalga oshirgach, ovoz berish huquqiga ega bo’lishi lozim. Bunday tartib mamlakatning 27 shtatida amal qiladi. Qoidalar Floridada ancha mujmal. 2 million sobiq mahkumdan juda oz qismigina konkret qarz miqdorini aniqlashga erishgan.

“Ovoz berish huquqining cheklanishi achinarli hol. Biroq sobiq mahkumlarga jarimalar, turli to’lovlar, sud xarajatlari va huquqni tiklash uchun lozim bo’lgan aniq pul miqdorini belgilay olmaslik yanada ayanchli holat”, - deydi huquqshunos Nil Suxatmi.

Suxatmi “Erkin ovoz” loyihasining asoschilaridan. Florida shtatida qarzdorlikni aniqlashga xizmat qiladigan ma’lumotlar bazasini yaratib, 2020-yilgi saylovda 20 ming sobiq mahkumning qatnashishiga erishgan. Poytaxtlik Nayt esa aholisi ko’p Nyu-York va Kaliforniyada ham mahkumlarga ko’maklashmoqda.

“Qora tanlilarning ovoz berish va boshqa huquqlarini tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, - deydi u.

So’nggi 20 yil mobaynida shtatlarning teng yarmi mahbuslarning ovoz berishiga doir qonunlarni o’zgartirdi. Biroq mamlakatda ovoz berish huquqidan mahrum etilgan 5 milliondan ziyod sobiq mahkum bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG