Breaking News

Filippin nima uchun Xitoydan kechib, AQShni tanladi?


Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinni qabul qilmoqda. Manila, 29-iyul, 2021.
Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinni qabul qilmoqda. Manila, 29-iyul, 2021.

Filippin AQSh bilan imzolangan xavfsizlik bitimini bekor qilmaydigan bo’ldi.

18 oydirki, ushbu kelishuvdan voz kechishga urinayotgan Filippin hukumati nima uchun bu qarorga keldi?

Ekspertlarning izohlashicha, Pekin do’stona va o’zaro manfaatdor munosabatlarni mustahkamlash borasida sust harakat qilgan. Filippinga harbiy bosim o’tkazgan.

Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning Manilaga tashrifi chog’ida 22 yillik bitimni bekor qilish qaroridan kechganini ma’lum qilgan. Joriy yilning 29-iyul kuni o’tgan bu uchrashuvda tomonlar bitimni uzaytirishga kelishib olgan.

Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte xalqqa murojaat qilmoqda. Manila, 26-iyul, 2021.
Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte xalqqa murojaat qilmoqda. Manila, 26-iyul, 2021.

Duterte 2020-yilning fevralidan beri bekor qilinishini ta’kidlab kelayotgan bu hujjat AQSh kuchlarining Filippin sarhadlariga vaqtincha kirishiga imkon yaratadi.

Ikki davlat 1998-yilda imzolagan bitim AQSh qo’shinlariga har yili Filippinda harbiy va gumanitar yordam operatsiyalarini mashq qilishga qonuniy ruxsat beradi.

Ekspertlarga ko’ra, Filippin hududiga kirish AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi Pekin agressiyasiga ta'sir ko'rsatish, terrorizmga qarshi kurash va razvedka ma'lumotlarini to'plash uchun qulay imkoniyat beradi.

Duterte qator bosimlar ortidan 2020-yil fevralida bitimni bekor qilish qarorini e'lon qilgan. Keyinchalik hujjatni 2021-yil dekabrida to'xtatish rejasini ma'lum qilgan edi.

Filippin bu qarorini Xitoy va Rossiya bilan yaqinroq aloqa o'rnatish afzalroq ekani bilan izohlagan. Mamlakat qurolli kuchlarining tom ma'noda mustaqil bo'lishi yo'lidagi bir qadam sifatida tushuntirgan edi.

2016-yilda hokimiyatga kelgan Duterte o’sha yili Xitoy tomonidan va’da qilingan 33 milliard dollarga teng yordam va investitsiyadan vanihoyat umidini uzgan. Pekin zamonaviy infrastrukturaga ehtiyoji yuqori bo’lgan Filippinni quruq va’dalar bilan aldagan, deydi ekspertlar.

Mart va aprel oylarida 220 dan ziyod Xitoy harbiy kemalari Filippin bilan bahsli dengiz hududiga kirgan. Manila Pekinning bunday xatti-harakatini qoralagan. O’z suverenitetini himoya qilishning turli choralarini izlashga majbur bo’lgan, deydi tahlilchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG