Breaking News

Afg'onistonda Tolibonga qarshi namoyishlar bo'lib o'tdi


Afg'onistonda Tolibonga qarshi namoyishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Afg’onistonda Tolibonga qarshi norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi.

Kobul ko’chalarida odamlar norozilik ifodasi sifatida “Allohu akbar” deb qichqirgan.

“Biz Tolibonni xohlamaymiz. Hukumat ruxsat bersa ham, biz ularni qabul qilmaymiz”, - deydi Abdulloh Samadi ismli kobullik.

Namoyishlar dushanba oqshomida Tolibon kuchlari tomonidan qurshab olingan Hirot shahrida boshlandi. Odamlar uylarining tomiga chiqib, “Allohu akbar” deya Tolibonga qarshiligini ifodalagan.

Shundan so’ng mamlakatning boshqa shaharlarida ham isyonchilarga qarshi namoyishlar boshlandi.

“Askarlarimizning kayfiyatini ko’tarish uchun shu yerdamiz. Xavotir olishmasin, biz ularning ortidamiz”, - deydi kunarlik bir fuqaro.

Tolibon “Twitter” orqali “Allohu akbar” kalimasi guruhning shiori ekanini da’vo qildi. Afg’on rasmiylari esa xalq bu ifodani Tolibon bosqiniga qarshi ishlatayotganini aytdi.

“Tarixan Afg’oniston xalqi bosqinga uchragan payt takbir aytgan. Ularga ko’ra, aholi hozir ham bosqin bilan yuzlashmoqda”, - dedi Afg’oniston prezidenti idorasi so’zlovchisi Vohid Umar.

Kuzatuvchilarga ko’ra, bu namoyishlar xalqning urushdan charchaganini ko’rsatadi.

“So’nggi ikki kunda xalqning o’z ovozini balandlatgani ularning urushdan tinkasi quriganidan dalolat”, - deydi huquq faoli Aziz Rafaiy.

Tolibon mojaroga harbiy yechim yo’qligini aytib kelsa-da, amalda so’nggi oylarda hujumlar sonini keskin oshirgan. AQSh va xalqaro kuchlar mamlakatni tark etar ekan, isyonchilar ko’plab hududlar ustidan nazorat o’rnatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG