Breaking News

Saylov-2021: AQShdagi o’zbekistonliklar qanday fikrda?


Brayton Bich, Nyu-York
Brayton Bich, Nyu-York

O’zbekistonda 24-oktabrda kutilayotgan prezidentlik saylovlariga Qo’shma Shtatlarda istiqomat qilayotgan o’zbekistonliklar qanday yondashmoqda?

Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi Brayton Bich mahallasidamiz. Bu atrofda sobiq sovet respublikalari hamda Yevropa mamlakatlaridan ko’chib kelgan xalqlar qatori endilikda o’zbekistonlik immigrantlar ham zich istiqomat qilishadi.

Nisbatan yosh bu jamiyat a’zolari asosan grin karta egalari. Ularning orasida sayohatga kelib, o’z mamlakatlaridagi iqtisodiy qiyinchiliklar sabab Qo’shma Shtatlarda qolib ketganlar, O’zbekistondagi siyosiy va ijtimoiy bosimlardan qochib kelib siyosiy boshpana olganlarni ham ko’p uchratasiz.

Bugungi kunda o’zbekistonliklar orasida biznes, ilm-fan, tibbiyot, huquqni himoya qilish tizimlari, boshqaruv va boshqa sohalarda o’z o’rnini topganlar ham talay.

Bu insonlar O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy muhitdan batamom uzilgan emas. Yaqinlashayotgan prezidentlik saylovlariga ularning munosabati bilan qiziqdik.

Ularga bergan savollarimiz:

- O’zbekistonda bo’lajak saylovlar haqida xabardormisiz?

- Ushbu saylovlar siz uchun qanchalik muhim?

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG