Breaking News

11-sentabr fojiasiga 20 yil to'ldi


Jahon Savdo markazi, Nyu-York, 11-sentabr, 2001.
Jahon Savdo markazi, Nyu-York, 11-sentabr, 2001.

2001-yilning 11-sentabr kuni AQShda yuz bergan fojia insoniyat tarixidagi eng yirik terakt sifatida tarixga kirdi.

Shu kuni qisqa fursatda 2996 kishi halok bo’ldi. Bu jinoyatni mahalliy aviareyslarda to’rtta samolyotni egallab olgan 19 terrorchi amalga oshirdi.

Jahon Savdo markazi. Nyu-York, 11-sentabr, 2001.
Jahon Savdo markazi. Nyu-York, 11-sentabr, 2001.

Natijada, AQSh terrorizmga qarshi urush e’lon qilib, Afg’onistonga qo’shin kiritdi. Urush 19 yil 10 oyu 23 kun davom etdi. Bu AQSh tarixida eng uzoq davom etgan va mamlakatga eng qimmatga tushgan urush sifatida ham tarixda qoldi.

AQSh Afg’onistonda 2,3 trillion dollar sarflagani ma’lum qilingan.

AQSh Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha afg’on zaminida Amerikaning 2325 askari halok bo’lgan. Tinch aholi vakillaridan qancha odam qurbon bo’lganiga doir aniq ma’lumot yo’q.

11-sentabr fojiasi qanday yuz bergan edi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:26 0:00

2021-yilning 11-sentabrida Prezident Jo Bayden 20 yil avvalgi terakt va Afg’on urushi yakuniga doir bayonot bilan chiqadi. Fojia munosabati bilan voqea joyida bunyod etilgan uch yodgorlikni ziyorat qiladi.

Bayden 10-sentabr kuni terakt qurbonlarining oila a’zolariga va jarohat olgan fuqarolarga murojaat qildi. Omon qolganlarga yordam berganlar, tahdidlarni bartaraf qilishda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi. Amerika xalqini birdamlikka chaqirdi.

Prezident 11-sentabr kuni uch memorialga tashrif buyuradi. Xususan, 2001-yilning 11-sentabrida soat 8:46 da Jahon Savdo markazining shimoliy binosiga samolyot urilishi bilan boshlangan terakt joyini ziyorat qiladi. O’sha kuni 17 minutdan keyin egizak binolarning janubiy juftiga terrorchilar egallab olgan ikkinchi samolyot urilgan edi.

Pentagon. Arlington, Virjiniya shtati, 11-sentabr, 2001.
Pentagon. Arlington, Virjiniya shtati, 11-sentabr, 2001.

Garovga olingan uchinchi samolyot esa 34 minutdan so’ng Pentagon devorlariga urilgan. Prezident bu yerdagi yodgorlikka ham boradi.

Terrorchilar va yo’lovchilar o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuv oqibatida to’rtinchi samolyot Pensilvaniya shtatidagi dalalardan biriga qulagan. Terrorchilar Oq uy yoki Kongress binosini mo’ljalga olmoqchi bo’lgani aytiladi. Bayden va vitse-prezident Kamala Harris shu yerdagi yodgorlikda ham bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG