Breaking News

YXHT: Islohotlarga qaramay O'zbekistonda saylov demokratik deb topilmadi


Toshkent, 25-oktabr, 2021
Toshkent, 25-oktabr, 2021

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB), YXHT Parlament Assambleyasi (EXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvchilariga ko'ra, O'zbekistonda shu paytgacha olib borilgan islohotlar hozircha haqiqiy plyuralizm uchun yo'l ochmagan. Prezidentlikka nomzodlar o'zaro yoki fuqarolar bilan debatlar o'tkazmagan, amaldagi rahbar bilan haqiqiy raqobat ruhida bellashmagan. Saylovda protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Markaziy saylov komissiyasining tasdiqlashicha, 24-oktabr kuni o'tgan saylovda Liberal demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz bilan g'olib chiqqan.

Xalq demokratik partiyasidan 6,6 foiz; "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 5,5 foiz; Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov 4,1 foiz va "Adolat" sotsial demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov 3,4 foiz ovoz olgan.

Mirziyoyev g'alabani nishonlar ekan, butun O'zbekiston xalqidan minnatdor ekanini aytib, uning ishonchini oqlashga, mamlakatdagi tub muammolarni yechish uchun tinimsiz ishlashga va'da berdi.

Mirziyoyevning aytishicha, O'zbekiston islohotlar yo'lidan qaytmaydi, aksincha, bu borada shaxdamroq qadam tashlab, adolatli, farovon va barqaror jamiyat quradi.

Missiyada uzoq muddatli va qisqa muddatli 255 kuzatuvchi, YXHT Parlament Assambleyasidan 99 ekspert, Yevropa Parlamentidan 12 vakil – jami 44 mamlakatdan 366 kuzatuvchi qatnashgan.

Ular qishloqlar, tumanlar va shaharlarni kezib, vaziyatni o'rgangan. Bu mutaxassislar O'zbekistonda shu paytgacha biror marta erkin va adolatli saylov o'tmaganini biladi.

Bu galgisi oldingilariga qaraganda demokratikroq kechdimi? Kuzatuvchilar nisbiy ijobiy o'zgarishlar borligini qayd etadi, ammo bunisi ham qator jiddiy yo'nalishlarda xalqaro me'yorlarga mos emas, deya javob qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovni a'lo darajada o'tgan jarayon deya ta'riflamoqda va xorijiy kuzatuvchilarning bahosiga hozircha munosabat bildirmagan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB), YXHT Parlament Assambleyasi (EXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvchilari
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB), YXHT Parlament Assambleyasi (EXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvchilari

Saylov qonunchiligida qator kamchiliklar mavjud, deyiladi 25-oktabr kuni Toshkentda e'lon qilingan hisobotda.

YXHTning qisqa muddatli kuzatuvchilar missiyasi rahbari Raynxold Lopatka deydiki, "bu saylov, hozirgacha erishilgan yutuqlarning tasdig‘i sifatida so‘nggi yillardagi demokratik islohotlar davom ettirilishi zarurligini ko‘rsatib berdi".

Uningcha, raqobatsiz saylov demokratik tamoyillarga ziddir.

O'zbekistonda 21 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 80 foizdan ziyodi ovoz berishga chiqqan.

Kuzatuvchilar bir necha saylov uchastkalarida bir kishi tomonidan bir nechta byulletenni to'ldirib tashlaganiga guvoh bo'lgan.

“Mamlakatda hozirda olib borilayotgan islohotlar istiqboldagi o‘z mevasini berishi aniq", – deya ta’kidlaydi Yevropa Parlamenti delegatsiyasi rahbari Xaydi Xautala,

"Biroq muxolifat partiyaning yo‘qligi va haqiqiy raqobatning sezilmaganligi hamda saylov kuni ko‘zga tashlangan qator qoidabuzarliklar demokratiya jarayoni yo‘lidagi jiddiy to‘siqlardir”.

YXHTning qisqa muddatli kuzatuvchilar missiyasi rahbari Raynxold Lopatka va YXHT PA delegatsiyasi rahbari Daniela de Ridder
YXHTning qisqa muddatli kuzatuvchilar missiyasi rahbari Raynxold Lopatka va YXHT PA delegatsiyasi rahbari Daniela de Ridder

Xautala saylov jarayonida fuqaro tili va jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar, erkin ovoz berish uchun sharoit yaratilganidan mamnun.

YXHT PA delegatsiyasi rahbari Daniela de Ridder: “Umid qilamanki, huquqiy islohotlar davom etib, barcha sohalarda ijobiy o'zgarishlar bo'ladi. Demokratik siyosiy madaniyat rivojlanadi".

Kuzatuvchilar tahilicha, O'zbekistonda siyosiy partiyaning ro'yxatdan o'tishi qiyin va haddan tashqari ko'p talablar qo'yiladi.

Amaldagi prezident nomzod ekan, vakolatlar va saylov kampaniyasidagi roli aralashib, Mirziyoyev adolatsiz ustunlikka ega bo'ldi, deya tushuntiradi kuzatuvchilar.

DIIHBning Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi
DIIHBning Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi

"Aksariyat xususiy ommaviy axborot vositalari amaldagi prezidentning faoliyatini boshqa to‘rt nomzod haqidagi xabar va lavhalarni qo‘shib hisoblagandan ham ko‘proq darajada yoritib yuborishdi. Qolaversa, monitoring qilingan OAV ham hozirgi prezident olib borayotgan ishlarga ancha keng urg‘u berib yuborishdi", - deya qayd etiladi YXHT hisobotida.

Ekspertlar ommaviy axborot vositalarida yuqori mansabdor shaxslar va nomzodlar haqida arzigulik tanqid kuzatmagan. OAV uchun qonunchilik bazasi cheklangan hamda jurnalistlar va blogerlarni vaqtincha hibsda saqlash, qo‘rqitish va tazyiq o‘tkazish hollari matbuot xodimlari orasida qo'rqinchni oshiradi.

DIIHBning Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi ham islohotlar davom etsin, deydi. "Oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko'p. So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va internetda ancha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganiga qaramay, fuqarolar o‘z fikrlarini erkin va to‘liq ifoda etishlari nazorat qilinadi”.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG