Breaking News

Global iqtisodiyot: amerikaliklar ta'minotdagi uzilishlardan aziyat chekmoqda


Global bozordagi uzilishlarning AQShga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Xitoy dunyoning ishlab chiqarish markazi. Koronavirus pandemiyasi bu yerda ham ishlarning beliga tepdi. Dunyo bo’ylab hozir mahsulotlar ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Ba’zi buyurtmalarni olish nafaqat qiyinlashgan, hatto imkonsiz darajaga yetgan.

“Green Pig Bistro” restoranida tushlik payti. Virjiniyadagi bu yemakxona so’nggi 10 yilda bu qadar ko’p mijoz ko’rmagan. Chunki odamlar hayotga qaytmoqda.

Nafaqat taom, balki oshxona jihozlari ham yetishmayapti. Masalan, elektr plita.

“Uni ikki oydan beri kutyapmiz”, - deydi bosh oshpaz Treysi Ogreydi.

Sovutgich buyurtmasiga esa esa to’rt oy bo’ldi.

“Kemada, zavodda yoki portda bo’lishi mumkin. Balki yo’ldadir”, - deydi Ogreydi.

Pandemiya ta’minot tizimini parokanda qildi. O’nlab kemalar Amerika portlariga kirish uchun navbat kutmoqda.

Yuklarni tushirishga ishchi yetishmayapti, saqlash uchun esa joy. Natijada buyurtmalar qachon yetib kelishi noma’lum.

Ko’plab amerikaliklar buni o’z hayotida his qilmoqda.

“Binomizning isitish va sovutish tizimi ta’mirga muhtoj. Ikki haftadan beri kerakli qismlarni kutyapmiz, hali ham darak yo’q. Tomidagi jakuzida ham shu ahvol”, - deydi Liza Feninger.

Ba’zilar bayram sovg’alari vaqtida yetib kelmasligidan xavotirda.

“Bir yildan beri “Play Station-5”ni qidiraman. Qayerdan topish haqida ba’zan blogpostlar chiqadi. Lekin saytga kirguningizgacha allaqachon sotilib ketgan bo’ladi”, - deydi Liza Heyr ismli ayol.

Velosiped, mashina, elektronika mahsulotlarida ham shu ahvol.

Jeyms Sempson poytaxt Vashingtonda elektronika do’konlari tarmog’iga ega. Ilgari 3-4 kunda kelgan tovarlar endi sakkiz haftagacha vaqt olyapti.

“Mijozlarimizga jabr bo’lyapti. Yetkazish xarajatlari oshgani tufayli narxlar ham ko’tarilyapti. Ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida bajara olmayapmiz”, - deydi Sempson.

Kichik biznes egasi bo’lgan Sempson o’z yuk kemalariga ega katta kompaniyalar bilan raqobat qila olmaydi.

“Uzoq muddatda bizga qiyin bo’lishi aniq”, - deydi u.

Prezident Jo Baydenning aytishicha, Kaliforniyadagi portlar hozir kechayu-kunduz ishlayapti, xususan, dam olish kunlari ham. Endi AQShning o’ziga sarmoya kiritish vaqti keldi, deydi u.

“Mamlakatimiz va iqtisodiyotimiz kerakli ehtiyot qismlarini qo’lga kirita olmagani uchun muhim mahsulotlarni ishlab chiqara olmasligi endi aslo takrorlanmasligi kerak”, - dedi AQSh rahbari.

Oshpaz Ogreydi bu fikrga qo’shiladi, ammo hozir xorij bozoriga tayanishga majbur.

“Biznesga ta’siri qanday bo’lishini bilmayman, lekin asabga ta’sir qilib, meni qilishim kerak bo’lgan asl vazifamdan to’sayotgani aniq”, - deydi u.

Masalan, jizoh qidirish o’rniga, oshxonadagi ishlar bilan shug’ullanish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG