Breaking News

Shaharlarda dehqonchilikning yangicha usullari ommalashmoqda


Shaharlik dehqonlar
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

AQSh Atrof-muhitni himoya qilish agentligining aytishicha, mamlakatda chiqayotgan issiqxona gazlarining 10 foizi qishlioq xo’jaligiga to’g’ri kelmoqda. Bu miqdorni kamaytirish uchun shaharlik dehqonlar yangicha usullarni taklif qilmoqda.

Vashington Kolumbiya okrugi kabi aholi zich shaharlarda deyarli ekin ekadigan joyning o’zi yo’q. Kolumbiya okrugi universiteti Shahar oziq-ovqat markazida tashkil etilgan vertikal dehqonchilik g’oyasi mana shunday hududlar uchun qo’l kelishi mumkin.

“An’anaviy dehqonchilikka qaraganda, nazorat ostidagi bunday tizim har bir kvadrat metr uchun 10 martadan 30 martagacha ko’p hosil beradi. Iqlim ham nazorat ostida bo’ladi; demak, zararkunandalar ta’siri kam. Bu degani, ularga qarshi ximikatlar ishlatmaymiz. Demak, bunday joylardan kimyoviy chiqindilar chiqmaydi”, - deydi universitet tadqiqotchisi Tomas Vit.

Bu yerda yetishtirilgan oziq-ovqat notijorat tashkilot va xayriya markazlariga tarqatiladi. Mahalliy darajada yetkazib berish benzin sarfi, isrof kabi atrof-muhitga yetkaziladigan zararlarning ham oldini oladi.

“AQShda oziq-ovqat o’rtacha 2000-3000 km. yo’l bosadi. Tarelkangizga yetib kelguncha ovqatingiz qancha masofadan o’tishini tasavvur qilib ko’ring”, - deydi Virjiniya Davlat universiteti tadqiqotchisi Leonard Gitinji.

Har qanday odam o’z uyida shu shaklda dehqonchilik qilishi mumkin, deydi ekspertlar. Buning uchun quyosh nuri, kichik maydon va biroz sabr bo’lsa kifoya. Kvartira balkonida ham qilish mumkin.

“O’stirmoqchi bo’lgan narsangizga quyosh nuri qanchalik tushishini aniqlashingiz kerak. Agar 6, 7 yoki 8 soat nur tushsa, demak, bu yerda pomidor, qalampir ekishingiz mumkin. Agar nur kamroq bo’lsa, salat bargi, ismaloq kabi ko’katlar eking”, - deydi Gitinji.

2050-yilgacha dunyo aholisi soni 9 milliarddan oshib, har uch odamdan ikkitasi shaharlarda yashashi kutilmoqda.

“O’zimizni borgan sari inqilobchilardek ko’ryapmiz, shunday emasmi? Oziq-ovqat yetishtirish, uni qayerda o’stirish, kimlarga berish masalasida inqilobiy o’zgarishlar qilyapmiz”, - deydi Vit.

Bu yigitlarning aytishicha, shaharda dehqonchilik qilish, shunchaki, “moda” emas, balki zaruratdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG