Breaking News

O’zbekistonda davlat mablag’lari qanday o’mariladi?


Yillik dastur uchun ajratilgan mablag' qayga ketadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:36 0:00

Yillik dastur uchun ajratilgan mablag' qayga ketadi?

O’zbekistonda Konstitutsiya kuni yaqin. An’anaga ko’ra, shu kuni yangi yilga nom beriladi. Yangi yilda davlat dasturi qabul qilinadi va uning ijrosi uchun millionlab mablag’ ajratiladi. Hukumat 2022-yilni korrupsiyaga qarshi kurashish yili sifatida e’lon qilishi ehtimoli ham kutilyapti.

Ammo aynan shu tizim, ya’ni yillarni nomlash, alohida davlat dasturi qabul qilish, dastur ijrosi uchun byudjetda va qo’shimcha mablag’ jalb qilish O’zbekistondagi korrupsiya o’chog’i sifatida ham baholanadi.

Bu an’ana tarixiga nazar tashlasak, hozirgacha o’nlab yillar nomlangani, ularning har biri uchun alohida dasturga milliardlab mablag’ sarflanganini ko’ramiz.

Bu dasturlar ijrosini, mablag’lar sarflanishini hozirgacha hukumatdan boshqa hech kim sarhisob qilmagan. Buni mustaqil tarzda surishtirishga uringanlar esa jiddiy ta’qibga uchragan.

Ta’qibga uchragan faollarga ko’ra, davlat dasturlari tizimi, uning ijrosi milliardlab davlat mablag’lari o’marilishi, mamlakatdagi korrupsiyaning asosiy ildizlaridan biriga aylangan.


Yaqinda sobiq siyosiy mahkumlardan biri, huquq himoyachisi Azam Turg’unov prezidentga murojaat bilan chiqdi. U oldingi rahbar Islom Karimov davridan buyon nomlab kelingan yillar, qabul qilingan davlat dasturlari ijrosi, sarflangan mablag’ yuzasidan hisobot berishni so’radi. Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev Karimov davrida bosh vazir bo’lgan.

Davlat dasturlari ijrosi bo’yicha surishtiruv o’tkazishga uringan faol Malohat Eshonqulova 2019-yilda tazyiqlar bois O’zbekistonni tark etgan.

Malohat Eshunqulova Ukrainadan vaqtincha boshpana topgan. Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Mirziyoyev bosh vazirligi paytida shaxsan nazorat qilgan davlat dasturlari tizimi hokimiyat doirasida mablag’ o’marishning asosiy usullaridan biridir.

Yilning nomlanishi faqat O’zbekistonga xos odat emas. Bu tajribani boshqa davlatlarda ham uchratish mumkin. Bu ma’lum bir sohaga hukumat va jamoatchilikning e’tiborini qaratish, uni rivojlantirishni nazarda tutuvchi niyat hamdir.

Ammo 1990-yil o’rtalaridan mamlakatda urfga kirgan bu tajribaning so’ngi o’n yilliklardagi natijalari tanqid ostida.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG