Rus millatiga mansub Tatyana Kolina mahoratli skeytbordchi. Vashington shahrida yashaydi.
AQShga Sankt-Peterburgdan 90-yillarda ko’chib kelgan. O’zining ham, qizining ham bu sport turiga mehri bo’lakcha.
“Skeytbord uchish uchun parkka borganimizda, Vashingtonda, men, qizim va yana boshqa bir qiz bor edi. Qolgan hammasi o’g’il bolalar, yigitlar edi. Qizim ham, narigi qiz ham skeytbord uchishga hadiksirab turishdi. Keyin xayolimga bir g’oya keldi, qizlar uchun skeybording maktabini tashkil etish. “Skate Girls Tribe” tashkiloti ana shunday dunyoga kelgan”, - deydi ayol.
Kolina “Skate Girls Tribe” nodavlat tashkilotini tuzar ekan, bunda biznes imkoniyatlarni ham ko’rdi. Vashingtonda skeytbord, sport anjomlari va kiyim-kechaklar sotadigan do’kon tashkil etdi. Uni “Spacycloud” deb nomladi. Joyining har bir qarich yeridan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qiladi. Do’konining orqa tomoni – bog’ida skeytbording uchish bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etdi. Joyini boshqa bizneslarga turli kichik tadbirlar uchun ijaraga ham beradi.
“Skeytbording men uchun stresslardan qutulish vositasi edi. O’zimni baxtiyor his etardim. Shu sabab “Spacycloud”ga kelishga qaror qildim”, - deydi Dolores Kruz ismli skeytbordchi.
Skeytbording 2021-yilda yozgi Olimpiya o’yinlari qatoridan o’rin oldi. Tokioda professional sportchilar mahoratini namoyish etdi. Kolinaning maktabida ham mijozlari ko’paya boshladi.
“Kolumbiya okrugida keyingi yillarda sketbordingga qiziqish oshdi, Olimpiya o’yinlari qatoriga kiritilgandan beri. Ko’plab ayollar ishtirok etyapti, umuman ko’proq odam qatnashyapti”, - deydi do’kon xodimi Meddi.
Facebook Forum