Breaking News

Nyu-York politsiyasida xizmat qilayotgan immigrantlar


Nyu-Yorkning rusiyzabon politsiyachilari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

Amerika shimoli sharqida, Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlarini o’z ichiga olgan hududda 1,6 million amerikalik ruslar istiqomat qiladi. Shundan 600 ming nafari Nyu-York shahrida. Shahar politsiya boshqarmalarining uchtasida rusiyzabon muhojirlar qo’mondon.

“Sobiq ittifoqda tug’ilib, 1996-yilda oilam bilan AQShga ko’chganman. Otam va onam, akam va singlim. 2004-yilda politsiyada ishlay boshladim, avvaliga oddiy politsiyachi bo’lib. Bugun Kvins rayonida inspektor o’rinbosariman”, - deydi Igor Pinxasov.

2021-yil yozida u Nyu-York politsiya boshqarmasida rus tilida so’zlashuvchi ilk inspektor muovini etib tayinlandi.

Oktabrda esa yana bir rossiyalik immigrant, Andrey Smirnov, Steyten Aylend rayonida direktor o’rinbosari bo’ldi. Uning tayinlanishi Nyu-York politsiyasiga boshqa rusiyzabonlarni ham jalb qilmoqda.

“Rus tergovchimiz, serjant va leytenantlarimiz bor. Bizning boshqarmada ruslar ko’p”, - deydi Smirnov.

Bruklindagi politsiya boshqarmasida kapitan Vitaliy Zelikov rahbar. U asli Belarusdan. Zelikovning aytishicha, rus tilini bilish politsiya va bu tumandagi rusiyzabon muhojirlar o’rtasida yaqinroq aloqa o’rnatishga yordam beradi.

“So’nggi 17 yil Ichida turli politsiya bo’limlarida ishladim, turli xil odamlarni uchratdim. Muhojirlarni ham, avlodlar davomida yashab kelayotganlarni ham, boy va kambag’allarni ham. Uchastkamiz atrofida ko’p ruslar yashaydi. Tilni bilish foydali, ayniqsa yordam so’rayotganlar ingliz tilini uncha yaxshi bilmasa”, - deydi Zelikov.

Har yili “G’urur” xayriya fondi politsiya organlarida ishlayotgan rusiyzabon muhojirlarni e’tirof etadi.

“Bugun taqdirlanayotgan uch qo’mondonni taniyman. Juda yaxshi odamlar. Nafaqat rus jamoasi, balki barcha jamoalar uchun sidqidildan xizmat qilishadi”, - deydi Nyu-York politsiya boshqarmasi vakili Jeffri Madri.

Tatyana Timoshenkoning o’g’li 2007-yilda xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan. Tadbirga u o’g’lining hamkasblarini olqishlash uchun kelgan.

“Ulardan qanchalik minnatdor ekanimni aytmoqchiman. O’g’lim politsiyachi bo’lib ishlagan Nyu-York shahrida tinchnik-osoyishtalikni saqlashda ularning roli beqiyos. Ularga rahmat”, - deydi Timoshenko.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG