Breaking News

AQSh Rossiyadan ikki amerikalikni ozod etishni so'ramoqda


Pol Velan, sobiq harbiy, Rossiyada josuslikda ayblangan. Surat 2020-yilda Moskva sudida olingan.
Pol Velan, sobiq harbiy, Rossiyada josuslikda ayblangan. Surat 2020-yilda Moskva sudida olingan.

Vashington Rossiya hukumatidan uch yil oldin josuslikda ayblanib hibsga olingan Pol Velanni ozod etishni so'ramoqda. 51 yoshli Velan Rossiyaga sayyoh sifatida borgan.

Velan 16 yilga qamalgan va Mordoviya turmasida saqlanadi. Velan o'zini aybsiz deb biladi. Davlat departamenti ham shunday pozitsiyada. Soxta ayblovlar bilan ataylab jazolanmoqda, deydi Amerika rasmiylari.

Amerikalik Trevor Rid, sobiq harbiy, 2020-yilda Rossiyada to'qqiz yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan
Amerikalik Trevor Rid, sobiq harbiy, 2020-yilda Rossiyada to'qqiz yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan

Trevor Rid ismli amerikalik ham to'qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U 2019-yilda Moskvada mast holda politsiyaga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan. Rid nima bo'lganini eslay olmaydi va begunoh ekanini da'vo qilib, ozodlikka chiqishni talab qilmoqda.

Advokatlarga ko'ra, har ikki holda Rossiya adliya tizimi amerikaliklarga nisbatan haddan tashqari keskin jazolar qo'llangan.

O'tgan oy Rid qamoqda ochlik e'lon qilgan. Izolyatsiyada saqlanayotganidan norozi.

AQSh rasmiylari deydiki, Rossiya hukumati bu ikki amerikalikni mahbus almashish uchun ushlab turibdi.

Davlat departamenti Velan va Rid biror shartsiz ozod etilishi kerak deya, Kremlni ziddiyatga barham berishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG